ATROPATENA haqida nimani bilasiz?
ATROPATENA (yoki kichik Midiya, Aderbigan) — Janubiy Ozarbayjonning yunoncha nomi. Atropatena qadimgi Midiyaning shim. qismini (hozirgi Talish tog’lari, Arake daryosi va Urmiya ko’llari hududini) o’z ichiga olgan. Atropatena shu joyning miloddan avvalgi 4- asrdagi hokimi — Atropat (Axomaniylar satrapi) nomidan olingan. Antik davr muarrixlarining Atropatena haqida bergan ma’lumotlari Atropatenani ilk quldorlik davlati va zardushtiylik dinining asosiy markazlaridan biri deb hisoblash imkonini beradi. 7 — asrda Atropatena Arab xalifaligi tomonidan fath etilgan.
O‘xshash so‘zlar
- ATROPIN haqida nimani bilasiz?
- ATSETALDEGID haqida bilasizmi?
- ATSETALLAR haqida bilasizmi?
- ATSETAMID haqida bilasizmi?
- ATSETANILID haqida bilasizmi?
- ATSETAT TOLA nima deganini bilasizmi?
- ATSETATLAR nima deganini bilasizmi?
- ATSETIL PEROKSID nima deganini bilasizmi?











