Qozonliq

Qozonliq — Bolgariyaning Markaziy qismidagi shahar, Stara-Planina tog’larining Janub etagida, Qozonliq soyligida joylashgan. Aholisi 54 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). mashinasozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat, yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Musiqa asboblari ishlab chiqariladi. Frakiylarning antik yozuvli gumbazsimon sag’anasi (miloddan avvalgi 4-3-asrlar) saqlangan. Shahar atrofida dunyoga mashhur Qozonliq atirguli, lavanda plantatsiyalari barpo qilingan. Qozonliqda efir moyli o’simliklarning tajriba stansiyasi bor.