Qoplonqir
Qoplonqir — Qoraqum cho’lining Ung’uzorti qismidagi qir. Turkmaniston va O’zbekiston hududlarida joylashgan. Qoplonqirning shim. qismi qisman Ustyurt platosiga kiradi. U shimoli-g’arbdan Janubi-sharqqa 200 kilometrdan ziyod masofaga cho’zilgan. Eni Janubi-sharqdan shimoli- g’arbga kengayib (35 kilometrgacha) boradi. Eng baland joyi 305 metr. Qoraqum qismining Janubiy-g’arbiy yon bag’rida Go’klenquyi (Qorasho’r) botig’i (sho’rxoki) joylashgan. Qoplonqirning botiq yuzasidan ko’tarilgan yon bag’ri Nishab va atrofidagi tekisliklar bilan tutashgan. Uning Janub qismida Amudaryoning qadimgi o’zani O’zbo’y joylashgan. Qoplonqir, asosan, neogen davri gillari, mergel, qatlamli qumtoshlar, gips va ohaktoshlardan tashkil topgan. Janubiy yon bag’irlarida bo’r va paleogen davrlariga mansub tog’ jinslari ochilib qolgan. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi issiq, yog’in kam. Tuproq va o’simliklari cho’lga xos.