ATROFIYA
ATROFIYA (Yunoncha atropheo — ozayapman)— to’qimalar oziqlanishining buzilishi natijasida a’zolarning kichrayib, hujayralar sifatiningo’zgarishi. Fiziologik va patologik Atrofiya tafovut qilinadi. Fiziologik Atrofiya a’zolar funktsiyalarining to’xtashi natijasida ro’y beradi. Chunonchi organizm o’sishdan to’xtaganda, ayrisimon bez atrofiyalanib, yog’ to’qimasi ko’payadi. Odam qarigan sari a’zolar faoliyati susayishi natijasida bezlar va ichki a’zolar hajmi kichrayadi, teri elastikligi yo’qolib, ajin paydo bo’ladi. Patologik Atrofiyaga turli kasalliklar (sil, o’smalar, zaharlanish va boshqalar) sabab bo’ladi. Bunda a’zolar hajmi kichrayadi. Atrofiya sabablari yo’qotilsa, a’zolar asli holiga qaytishi mumkin, jumladan singan suyak bitgandan so’ng atrofiyalangan muskullar tiklanib, harakat normallashadi. Atrofiya ning oldi olinmasa, hayot uchun xavf tug’dirishi mumkin, mas, ko’z nervi Atrofiyasi ko’rlikka, muskullar Atrofiyasi falajlikka, jinsiy bezlar Atrofiyasi jinsiy qobiliyatning susayishi (farzand ko’rmaslikka) sabab bo’ladi.