Qiyos

Qiyos (Arabcha — taqqoslash) — shariat manbalaridan biri (Qur’on, Sunna, ijmo bilan birga). Qiyosda dastlabki 2 manba — Qur’on va sunnada beril- magan biror huquqiy masala ulardagi shunga o’xshash masala bo’yicha berilgan qo’rsatmaga taqqoslash yo’li bilan sharh etilgan. Masalan, araqning shayton ishi ekanligi, urushjanjal, adovat chiqarishi sababidan u Qur’oni karimda man etilgan. Araqdan boshqa mast qiluvchi ichimliklar haqida biror narsa aytilmagan. Lekin mujtahid ulamolar mast qiluvchi ichimliklarning hammasida ham araq kabi salbiy natijalar bo’lishini hisobga olib, unga Qiyos qilganlar va harom deb hukm chiqarganlar. Qiyos faqihlar huquqini kengaytirib, shariatni turmushning turli tomonlariga tatbiq etishga imkoniyat bergan. Shu bilan birga Qiyos Islom dinini zamon va taraqqiyot ila yonma-yon yurishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Qiyosning manba sifatida kiritilishi shariatning huquq tizimi sifatida shakllanishi va ruhoniylar, faqihlarning mavjud munosabatlarni himoya qilishdagi mavqei oshishidan dalolat berar edi. Islom huquqshunosligida hozir ham Qiyosga amal qilinadi.