Qirol
Qirol (Korol so’zining o’zgargani; asli Buyuk Karl nomidan) — monarxiya davlati, Qirollik boshlig’i. O’rta asrlarda ayrim G’arbiy Yevropa davlatlarida (Germaniya, Frantsiya, Angliya, Italiya va boshqalar) mutlaq hukmdor. Hozirda Qirollar rasman davlat boshlig’i hisoblansalarda, mamlakatni bevosita idora etish parlament saylovlarida g’olib chiqqan partiya yoki partiyalar bloki vakillaridan tuzilgan hukumat qo’liga o’tgan. Masalan, Angliyada qirol Georg I davridan (1714 yildan) boshlab Qirollar mamlakatni idora etish ishlariga bevosita aralashmaydi.