Qiroat
Qiroat — Islom an’anasida Qur’on oyatlarini tajvid qoidalariga rioya qilgan holda, o’ziga xos ohangda o’qish. Qiroat bilan tilovatning farqi shundaki, Qiroat ilohiy oyatlar, vahiyni o’qishga ham, inson tomonidan bitilgan yozuv va she’rlarni o’qishga ham qo’llanaveradi. Tilovat esa, asosan, vahiy etilgan oyatlarni o’qishdir. Hozirgi vaqtda Qiroatlarning ichida 2 xil — Imom Hafs rivoyati bilan Imom Osim Qiroati va Imom Varsh rivoyati bilan Imom Nofe’ Qiroati mashhur hamda kepg tarqalgan. O’zbekistonda Imom Osim Qiroati bo’yicha Quron o’qiladi.