Qizilishtonlar

Qizilishtonlar — qushlar oilasi. 224 turi ma’lum. Madagaskar, Avstraliya, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya va Polineziyadan boshqa hamma joida tarqalgan. O’zbekistonda 15 turi uchraydi. Tanasi 8-50 santimetr. Qizilishtonlar, asosan, daraxtda yashashga moslashgan. Oyog’i kalta, barmoqlari o’tkir tirnoqli. Ko’pchiligi mustahkam tumshug’i, bo’ynining kuchli muskulaturasi va baquvvat dum patlari yordamida daraxtga o’rmalab chiqib, oziq izlaydi (bunda u daraxt po’stlog’i yoki yog’och qismini tumshug’i bilan teshadi va uzun, chuvalchangsimon tili bilan hasharot yoki lichinkani tortib oladi). Sahroda hayot kechiruvchi turlari yerda oziqlanadi, ba’zilari daraxt shirasini so’radi. Qizilishtonlar daraxt yoki gigant kaktuslarga, ayrimlari toshlar orasidagi iniga 3-7 ta tuxum qo’yadi. Qizilishtonlar o’rmon xo’jaligiga hasharot va lichinkalarni yeb foyda, daraxt tanasini teshib zarar keltiradi.