Qodirova To’lqinoy Foziljonovna
Qodirova To’lqinoy Foziljonovna (1935.27.7, Toshkent) — me’mor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan arxitektor (1976), professor (1996). O’rta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1959). San’atshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim (1959-80), O’zbekiston me’morlar uyushmasi raisi (1980— 92). 1993-98 yillar «Kamalak—TV» Amerika—O’zbekiston qo’shma korxonasi bosh direktor o’rinbosari, 1996 yildan Toshkent arxitektura va qurilish instituti me’moriy muhitlar dizayni kafedrasi professor; 2005 yildan me’morlik tarixi va nazariyasi kafedrasi mudiri. Qodirova faoliyati shaharsozlik, me’morlik tarixi va nazariyasi, zamonaviy me’morlikda xalq an’analaridan unumli foydalanish masalalariga bag’ishlangan. Qodirova shuningdek, bir qancha turar joy, me’moriy binolar va shaharsozlik majmualari loyihalari muallifi, Toshkent, Namangan, Qo’qon, Buxoro kabi shaharlar markazlari uchun o’tkazilgan tanlovlar g’olibi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureate (1988). O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati (1984-85, 1985-90, 1990-95). As: arxitektor i vremya, T., 1982; O’zbekistonning istiqlol yillari me’morligi, T., 2004.