Qorayev Qora Abulfaz o’g’li
Qorayev Qora Abulfaz o’g’li (1918.5.2 — Boku — 1982) — Ozarbayjon kompozitori va jamoat arbobi, Xalq artisti (1959), Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademik (1959), Mehnat Qahramoni (1978). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1946). Yetuk asarlari bilan 20-asr Ozarbayjon kompozitorlik ijodiyoti an’analarini rivojlantirdi, eng zamonaviy ifoda vositalari yordamida o’ziga xos musiqiy uslub yaratgan. Ozarbayjon konservatoriyasida pedagog (1946 yildan), rektor (1949-53), professor (1959), Ozarbayjon kompozitorlari uyushmasi raisi (1953 yildan). «Yetti go’zal» (1952), «Momaqaldiroq so’qmoqlaridan» (1958), «Layli va Majnun» (1972) baletlari, «Gaskoniyalik qiziqqon kishi» myuzikli (1967) Qorayev ijodining yutug’idir. «Vatan» (J. Hojiyev bilan, 1945), «nafosat» (1972) operalari, 3 simfonik (3-si, 1965), syuitalar, «Albancha rapsodiya». «Layli va Majnun» simfonik poyemasi (1948). «Don Kixot» simfonik gravyuralari, 2 kantata, skripka kontserti, 2 torli kvartet, fortepiano uchun 24 prelyudiya, spektakl (jumla- dan, «Antoniy va qte-opatra», Oxundov nomidagi Ozarbayjon Davlat mukofoti, 1965), kinofilmlarga musiqa va boshqalar muallifi. Davlat mukofoti (1946, 1948) laureati. Ijodida turli xalklar musiqa folkloridan unumli foydalangan.