Qozon

Qozon — 1) cho’yan, mis, alyuminiy va boshqa metallardan quyib tayyorlanadigan ro’zgor buyumi; taom pishirish, suv qaynatish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Uning qopqogi (tuvog’i) metall yoki yog’ochdan yasaladi. Arxeologik tekshirishlar qadimda O’zbekistonda sopol, tosh (marmar), bronza Qozonlar bo’lganligini ko’rsatadi. Masalan, katta Farg’ona kanali qazilganda miloddan avvalgi 1-ming yillikning oxiriga mansub bronza Qozon chiqqan: Namangan viloyati o’lkashunoslik muzeyida Axsikatdan topilgan, milodning 6-7-asrlariga oid sopol Qozon saqlanmoqda. Qozonning shakli va o’lchamiga qarab, doshqozon, osh Qozon, kir Qozon kabi turlari bor. Kichikrog’i dekcha deb ataladi; 2) yoqilg’i (ko’mir, gaz va boshqalar) yoqib suv bug’i yoki issiq suv olinadigan qurilma. Issiqlik elektr stansiyalarning bug’ turbinasini bug’ bilan ta’minlash, bino va inshootlarni isitish, shamollatish, issiq suv bilan ta’minlash tizimlarida foydalaniladi. Turar joy va jamoat binolarini isitishda cho’yandan ishlangan, qattiq yoqilg’i yoqiladigan sektsiyali suv isitish qlaridan foydalaniladi. Bularda suv 115° dan yuqori temperaturagacha qiziydi. Ularning issiqlik ajratish quvvati 1,5 G kal/ soat (1 g kal/soat = 1,163 MVt), bosimi esa 0,4 mn/m2 (4 kgk/sm2) gacha. Bunday Qozonlarning o’choq apparatlarini o’zgartirib, qattiq yoqilgidan gazsimon yoqilg’i yoqishga o’tkazish mumkin.