Qozoqov Ortiqali
Qozoqov Ortiqali (1960.27.10, Pop tumani Sang qishlog’i) — rangtasvir ustasi, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (1998). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1985). Qozoqov ijodida milliylik va zamonaviylik ruhi hamohang; avangard yo’nalishdagi asarlari bilan tanilgan rassom asarlarida bezak echimi, xalq an’analari, milliy udumlar sharqona talqin etiladi. Asarlari: «bizning hovli» (1983), «41-yil olmalari» (1985), «yomg’irdan so’ng» (1990), «bolalik bahori» (1992), «Ikki dugona» (1992), «sukunat» (1993), «Sevishganlar» (1993), «Sharq kelinchagi» (1994), «Bibixonim» (1994), «Sohibqiron ruhi» (1996), «Buyuk ipak yo’li bo’ylab» (1996), «ko’k tuya» (1997), «Ko’hna navo» (2000), «onalik osmoni» (2002), «baxt karvoni» (2003) va boshqalar; Qozoqov, shuningdek, portretlar («Avtoportret», 1983; «Saroymulkxonim». 1996, 2005; «Kamoliddin Behzod», 1997), natyurmortlar («natyurmort», 1995; «Navro’z natyurmorti», 1995; «Nastarin». 1996; «Oq gullar», 1997; «limonli natyurmort, 2003), manzaralar («Angren atrofi», 2002; «Qamchiq dovonida bahor», 2004) va boshqa asarlar muallifi hamdir. Qozoqov asarlari bilan respublika va xalaro ko’rgazmalarda ishtirok etadi. Asarlari respublika va xorijiy (AQSh, Franiiya, Italiya, Ispaniya, Belgiya, Shveytsariya, Yaponiya, Turkiya, Koreya va boshqalar) mamlakatlar galereya. muzey va xususiy to’plamlarida saqlanadi.