Qodirov G’afur
Qodirov G’afur (1917.1.2 — Toshkent — 1985.12.11) — kompozitor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1945). Toshkent musiqa bilim yurti (1945-59), Toshkent konservatoriyasida pedagog (1959 yildan), dotsent (1969), O’zbekiston Bastakorlari uyushmasi mas’ul kotibi (1965 — 71). Simfonik orkestr uchun 2 «raqs syuitasi», «balet syuitasi», «Yoshlik uvertyurasi», «so’zana» poemasi va boshqalar, o’zbek xalq cholg’ulari orkestri uchun 4 syuita, «yoshlar valsi», «Qizlar raqsi» va boshqalar yozgan. Qodirov bolalar musiqasi sohasida samarali ijod qilib «Maktabjon- Oftobjon», «biz yosh o’quvchilar», «oq oltin» va boshqa vokal-simfonik asarlar, fortepiano, violonchel, klarnet va boshqa sozlar uchun turli pyesalar yozgan. Ayniqsa, dilkash ohanglarga boy xor, estrada va bolalar qo’shiqlari ommalashgan: «O’zbekistonim», «yoshlar marshi», «Mirzacho’l yor-yori», «Bahor», «Koyinmang, onajon», «archa qo’shig’i» va boshqalar.