Qirov
Qirov — ayozli, havo ochiq va sokin (shamolsiz) tunlarda tuproq, o’t va yerdagi narsalar ustida hosil bo’ladigan muz kristallari. Qirov zarralari qor uchqunlariga o’xshaydi, lekin ulardan farqli ravishda jimjimador bo’lmaydi. Qirov ham shudring singari, havoning sovishi, ma’lum yuza ustida suv bug’ining to’yinishi va 0° dan past temperaturada qotishi oqibatida paydo bo’ladi. Ko’pincha, kunduzi erib ketadi.