Qit’a

Qit’a (Arabcha — bo’lak, qism, parcha) — mumtoz adabiyotda lirik janr. She’riy shakl sifatida qasida va g’azaldan oldin paydo bo’lgan. Tuzilishiga ko’ra, gazalga yaqin turadi, lekin Qit’ada matla’ qofiyalanmaydi (AB. VB, Gb…), hajmi ham qat’iy emas, mazmun talabiga ko’ra, ikki bayt va undan ortiq (xatto 19 baytgacha) bo’lishi mumkin. Har bir Qit’a yaxlit asar bo’lib, biron mavzuga bag’ishlanadi. Boshqa lirik janrlarga nisbatan Qit’ada shakl va mazmun erkinligi ustun, mavzu doirasi ham keng. Unda ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy axloqiy-ta’limiy va boshqa mazmundagi fikrlar hajv va hazil-mutoyiba tarzida, shoir hayotining turli lahzalari bilan bog’liq qayd va mulohazalar sifatida o’z ifodasini topishi mumkin. Fors-tojik adabiyotida Qit’aning dastlabki namunalari Rudakiy ijodida ko’rinadi. Uning janr taraqqiyoti va takomilida fors shoiri Avhadiddin Anvariy (1190 yil vafot etgan) va Ibn Yamin Faryumodiyning xizmati katta. O’zbek adabiyotida Qit’aning ilk namunalari «Devonu lugotit turk»da, Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa ijodida uchrasada, uning taraqqiyoti Alisher Navoiy ijodi bilan bog’liq. Qit’adan hech kim Navoiychalik samarali foydalana olgan emas. U eng ko’p Qit’a yozgan Ibn Yaminning ilg’or an’analarini o’z davri sharoitiga bog’lab rivojlantirgan, Qit’ani o’zbek adabiyotida mustaqil janr darajasiga ko’targan. 16-19-asrlarda Bobur, Poshshoxoja, Munis Xorazmiy, Shavqiy Kattaqo’rg’oniy, Shukuriy Farg’oniy, Ogahiy, Miriy, Avaz o’tar, Almaiy va boshqa shoirlar Naioiy an’analarini davom ettirib, o’zbek qit’anavisligiga hissa qo’shdilar. Habibiy, Sobir Abdulla, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Chustiy, Charxiy, E. Vohidov va boshqalar Qit’alar yaratishgan. Hozir Qit’alar barmoq vaznida ham yozilmoqda. Ad.: Orzibekov R., Lirikada kichik janrlar, T., 1976; adabiy tur va janrlar |3 j.li|, 2-j.. T.. 1992.