AUTOALLERGIYA

AUTOALLERGIYA — organizm reaktivligining o’zgargan holati. Bunda organizm o’zining to’qima komponentlari tarkibiy qismlaridan birortasiga ortiqcha sezuvchanlik bilan javob beradi. Autoallergiyada sezuvchanligi ortgan limfositlar va autoantitelolar o’z autoantigenlari bilan qayta reaktsiyaga kirishadi.