Nalivkin Dmitriy Vasilevich
Nalivkin Dmitriy Vasilevich [1889.13(25).8, Peterburg, — 1982.3.3, Sankt-Peterburg] — rus geologi va paleontologi, akademik (1946), Turkmaniston Fanlar Akademiyasi faxriy a’zosi (1951), mehnat Qahramoni (1963). Ilmiy ishlari stratigrafiya, paleontologiya, paleozoy Paleogeografiyasi, regional geologiya, Ural, O’rta Osiyo, Sharqiy Yevropa platformasi foydali qazilmalarini izlab topishga bag’ishlangan. Nalivkin — fasiyalar haqidagi ta’limotga asos soluvchilardan biri. Geologik xaritalar tuzishda katnashgan. As: Ocherki geologii Turkestana, M.. 1926; Uchenie o fasiyax, 3 izd., t. 1-2, M.— L., 1955-56; Braxiopodi verxnego i srednego devona Turkestana, M. — L., 1930; uragani, buri i smerchi, L., 1969.