Norbek baxshi
Norbek baxshi (taxallusi; asl ism-sharifi Qurbonnazarov Abdulla) (1949.9.2, Xiva) — O’zbekiston Respublikasi xalq baxshisi (2000), Xorazm dostonchilik maktabining yirik vakili. Xiva shahridagi «Doston» folklor-etnografik ansamblining badiiy rahbari, Ozarbayjon baxshilar uyushmasi a’zosi (1989). Bola Baxshshshng o’g’li va shogirdi, san’atkorlik sirlarini yana Komiljon Otaniyozovdan o’rgangan. Ilk ijro etgan qo’shig’i — «oshiq g’arib va Shohsanam» dostonidan «ona, men G’arib, men g’arib». Uning repertuarida «oshiq g’arib va Shoxsanam», «oshiq Mahmud», «Bozirgon», «Xirmondali», «Avazxon», «kampir», «qirq ming», «Safar ko’sa» va boshqalar bor. O’zbekistan, Qozog’iston, Dog’iston, Zakavkaze Baxshilari ko’rik-tanlovlari g’olibi. Respublika miqyosida o’tkazilgan qator anjumanlar, Navro’z, Mustaqillik bayramlari, Xiva shaqrining 2500 yillik yubileyi (1997), Jaloliddin Manguberdining 800 yillik yubileyi (1999) va boshqalarning faol ishtirokchisi.