Nevrologiya
Nevrologiya (nevr… va …logiya) — odam va hayvonlar nerv sistemasining tuzilishi hamda norma va patologik holatlardagi funktsiyalari, uning filogeneza va ontogenez» qonuniyatlari to’g’risidagi tibbiy-biologik fan. Nevrologiyaning bo’limlari — nerv sistemasining anatomiyasi, gistologiyasch, embriologiyash, neyrofiziologiyasi, Patofiziologiya, shuningdek, nevropatologiya, bolalar nevropatologiyasi, nevrogigiena va boshqalar. Qadimgi dunyo tibbiyoti neyromorfologiyadan elementar ma’lumotlarga ega bo’lgan. 16-asrda A. Vezaliy nerv sistemasini o’rganishda morfofunktsional yo’nalishni boshlab berdi. 19-asrda nerv sistemasini mikroskopik o’rganishga asos solinadi, bu esa neyronnch ta’riflashga imkon berdi. Gistologiya, tasviriy anatomiya bilan birga neyrofiziologiya ham rivojlanib bordi; hayvonlar miyasining ayrim qismlarini ajratib olib o’rganishga kirishildi. Bosh va orqa miyada harakat va sezgi funktsiyalarini belgilovchi maxsus markazlar borligi aniqlandi. 19-asrning 2-yarmida bosh miya vaskulyarizatsiyasi, nerv sistemasining filogenezi va ontogenezini o’rganishda birmuncha muvaffaqiyatlarga erishildi. 19-20-asrlarda I. M. Sechenov, N. E. Vvedenskiy, Ch. Sherrintonlar o’tkazgan Fiziologik tadqiqotlar chet elda Nevrologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. I. P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti, miyaning tuzilishi va funktsiyasining shakllanishida evolyusion-genetik qonuniyatning ochilishi va boshqalar 20-asrda Nevrologiyaning muhim yutuqlaridan bo’ldi. Miyachaning adaptasiontrofik funktsiyasi haqidagi kontsepsiyaning takomillashtirilishi, simpatik nerv sistemasining muskul qisqarishiga ta’sir etishini tajribada aniqlanishi, interoresepsiya masalalarining, bosh miya po’stlog’i bilan ichki a’zolar o’zaro munosabatining o’rganilishi va boshqalar. Nevrologiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Nevrologiya muammolari O’zbekistondagi tibbiyot institutlarining nevrologiya kafedralarida o’rganiladi. Ad.: Majidov N. M., Nevrologicheskie vozzreniya Abu Ali ibn sini, T., 1980; Majidov N. M.,Troshin V. D., Profilakticheskaya nevrologiya: 1-4 t., T., 1995-98.