Ne’matova Nazokat
Ne’matova Nazokat (1922.21.3 — Buxoro — 2002.31.1) — O’zbekiston xalq, artisti (1950). Sahna faoliyatini Buxoro yosh tomoshabinlar teatrida boshlagan (1938). 1941 yildan Buxoro viloyat musiqali drama va komediya teatrida. Yokimli shirador ovozi (dramatik soprano) drama bilan bir qatorda musiqali dramalarda ham rang-barang lirik qahramonlar obrazini yaratish imkonini bergan. Gulnor (Sh.Sa’dulla, xalq musiqasi, «Yoriltosh»), Layli (Xurshid; T. Sodiqov, R. Glier, «Layli va Majnun»), Zuhra (S. Abdulla; T. Jalilov, «Tohir va Zuxra»), Shirin (K. Yashin; Yu. Rajabiy, B. Nadejdin, «Farhod va Shirin»), Sanam (A. Bobojon; K. Otaniyozov, «Aziz va sanam»), sonni (B. Gargi; M. Ashra-fiy, «Mirza izzat Hindistonda») kabi bosh qahramonlar siymosini gavdalantirgan. Dramalarda Jamila («Boy ila xizmatchi»), Guli («Alisher Navoiy»), Katerina («momoqaldiroq») singari obrazlar yaratgan.