Neptun

Neptun — Quyosh sistemasida Quyoshdan uzoqligi bo’yicha 8-Sayyora. Ko’zga ko’rinmaydi, belgisi if yoki T. Frantsuz astronomi U. Leverening matematik hisoblari asosida 1846 yil nemis astronomi I. Galle kashf etgan. Quyoshdan o’rtacha uzokligi 30,071 astronomik birlik (4498,6 million kilometr). Orbitasining ekstsentrisiteti 0,008, orbita tekisligi ekliptika bilan G46′ burchak tashkil etadi. Quyosh atrofidagi aylanish davri 164,788 yil, o’z o’qi atrofida 16 soatda aylanib chiqadi. Neptunning ekvatorial radiusi 24750 kilometr, massasi Yer massasining 17,25 baravariga teng. Neptun moddasining o’rtacha zichligi boshqa gigant-sayyoralarniki kabi 1,71 g/sm3 ga teng. Ekvatorda og’irlik kuchi tezlanishi 15m/S2, Neptun sirtida ikkinchi kosmik tezlik 25 km/s. Neptun atmosferasi vodorodning metan bilan bir oz aralashmasidan iborat molekulalaridan tashkil topgan. Neptun tashki qatlamining temperaturasi 200° atrofida. Oddiy ko’z bilan Neptunni kuzatib bo’lmaydi. Teleskopda burchak diametri taxminan 2,5″ bo’lgan yashil disk bo’lib ko’rinadi. Neptunning 8 ta tabiiy yo’ldoshi bo’lib, ulardan 2 tasi katta — Nerida va Triton bor. Neptunning kashf etilishi astronomiyaning katta yutuqlaridan biridir. Uran kashf etilgandan ikki yil o’tgandan keyin, 1783 yil rus astronomi A. N. Leksel (1740-84) uning harakatini o’rga-nib, Uranning hisoblangan yo’ldan muntazam ravishda og’ishini aniqladi, bu og’ish 8-noma’lum sayyoraning ta’siri ekanligini aytgan. Bu gipotezani frantsuz fizigi D. F. Arago qo’llab-quvvatlagan. J. K. Adame va U. Leverelar bir-biridan mustaqil holda uning o’rnini mustaqil ishlab chiqqan.