Istahr

Istahr — qadimgi Persepolning o’rta asrlardagi nomi. Shahar xarobasidan 5 kilometr narida joylashgan. Istahr arablar tomonidan 2 marta (643, 649 yil) bosib olingan. O’rta asrlarda Istahr jome masjidi atrofi ustunlar bшдфn o’rab olingan bo’lib, Maqdisiyning yozishicha, har bir ustunning tepasida sigir tasviri tushirilgan; masjid ilgari otashparastlarning ibodatxonasi bo’lgan. Istahr sosoniylar davrida Fors viloyatining asosiy shahriligicha qolgan. Istahr Somsom ad-davla davri (989-998) da Amir Qutulmush tomonidan shunchalik talon-taroj etilganki, keyinchalik faqat qishloq sifatida tiklana olgan xolos. 12-asr boshida Istahrda atigi 100 ta erkak qolgan (Ibn al- Balxiy).