Ixtiyoruddin qal’asi
Ixtiyoruddin qal’asi — Hirot shahrining shimoliy devori yonida Malik Faxriddin Kurt tomonidan 1300 yillar atrofida qurilgan qal’a. Xom g’ishtdan to’rtburchak shaklida ishlangan, burchaklarida burjlari bor. Ixtiyoruddin qal’asi Shohrux Mirzo (1404-1447)ning amri bilan tosh hamda pishiq g’ishtdan qayta tiklangan. Huroson viloyati poytaxti — Hirot shahrining o’rdasi Ixtiyoruddin qal’asida joylashgan. Uning shimoliy va Janubiy tomonidan darvoza atrofi suv to’latib qo’yiladigan keng va chuqur xandaq bilan o’ralgan. Darvozaga o’tiladigan ko’priklar zarur paytda zanjirlar bilan tortib, ko’tarib qo’yilgan. Unda qurol-aslaha, siyosiy mahbuslar, muhim hujjatlar va boshqalar saqlangan. Hozir ham Ixtiyoruddin qal’asi xarobalari bor.