Islomov Ikrom Islomovich

Islomov Ikrom Islomovich (1906.7.11 — Toshkent — 1975.12.4) –fizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1943). O’zbekiston malaka oshirish institutini (1927), Moskva universitetini tugatgan (1933). O’rta Osiyo universitetida kafedra mudiri (1936-37), O’zDU rektori (1937-38), O’zbekiston XKS Fanlar komiteti raisi (1938-40), 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-46). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida (1946-50), Geologiya institutida (1951-57) laboratoriya mudiri. 1968 yildan yadro fizikasi intida katta ilmiy xodim. Ilmiy ishlari spektral taxlil sohasiga oid. 1000 dan ortiq turli mineral va rudalarni spektroskopik tahlil qilib, geologlarning amaliy ishlariga yaqindan yordam bergan.