Ishoqov Yuna Izrailovich

Ishoqov Yuna Izrailovich (1909. 30.12 — Toshkent — 1977.6.5) — iqtisodchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1970), iqtisod fanlari Doktori (1950), professor (1950). O’rta Osiyo plan-iqtisod iniversitetini tugatgan (1932). Shu institutda o’qituvchi, 1934-44 yillarda Toshkent qishloq xo’jaligi instituti siyosiy iqtisod kafedrasi mudiri, Toshkent moliya-iqtisod intida dotsent. Angren t.n., O’zbekiston metallurgiya zavodi, Farhod GES qurilishlarida qatnashdi. 1944 yil dekabridan to umrining oxirigacha Toshkent politexnika instituti siyosiy iqtisod kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari mehnat unumdorligi, siyosiy iqtisod muammolariga bag’ishlangan.