Ichki tekisliklar

Ichki tekisliklar — Janubiy Amerikaning and tog’lari, Braziliya yassitog’ligi va Patagoniya oralig’idagi (10° dan 39° j.k.gacha) meridian bo’ylab joylashgan botiklar sistemasi. Tarkibiga Mamore, Pantanal, GranChako, Pampa tekisliklari va ikki daryo oralig’i kiradi. Asosan, akkumulyativ (balandligi sharqida 50 metrdan 70 metrgacha, g’arbida 500-600 metrgacha) tekisliklardan iborat. Qalin delyuvial-allyuvial yotqiziqlardan tuzilgan, ba’zi yerlarida balandligi 200-1400 metrli qattiq jinslardan iborat tepaliklar uchraydi. Janubiy qismida lyoss qatlamlari keng tarqalgan. Landshaftning zonal tiplari xarakterli, shimolda subekvatorial savanna va savanna o’rmonlari tropik siyrak o’rmonlar orqali subtropik savanna, preriya va dashtlarga o’tib boradi. Paragvay va Parana daryolari bo’ylab botqoqlashgan o’rmonlar mintaqasi mavjud.