Isbot

Isbot — mulohaza, hukm, nazariyaning chinligini aniqlash (asoslash). Isbotning ob’yektiv metod orqali mantiqiy ishonchga olib boradigan turi va inson his-tuyg’ulari, mayllariga asoslanib ruhiy ishonchga olib keladigan turi mavjud. Birinchi turi 2 xil usul: a) bevosita hayotdan olingan faktlar orqali; b) to’g’riligi aniqlangan fikrlar orqali amalga oshadi. Biror fikrning chinligi (haqiqatligi)ni to’g’riligi aniqlangan boshqa fikrlar orqali asoslab berish mantiqiy Isbot, faktlarga asoslangan Isbot esa Real Isbot deb yuritiladi. Mantiqiy Isbot tuzilish jihatdan tezis (isbotlanishi kerak bo’lgan fikr), asos (tezisni isboti uchun keltirilgan dalillar), Isbotdan iborat. Isbot va uning qoidalarini birinchi bo’lib Aristotel ishlab chiqqan. Forobiy Isbotning ayrim usullarini ko’rsatib bergan va Isbotni mantiq ilmining asosi deb aytgan. Isbot fan va amalietda doim qo’llanadigan fikrlash usulidir. Zamonaviy matematika va mantiq ilmida aksimatik, chiziqli, chiziqsiz, bevosita va bilvosita analogiya asosidagi Isbot, ekzistentsial, mulohaza Isboti kabi usul va turlari mavjud.