Iskabtopar isitmasi

Iskabtopar isitmasi, PAP patichi isitmasi — virus qo’zg’atadigan o’tkir infektsion kasallik. Infektsiya iskabtoparlar (flebotomuslar) chaqishi orqali yuqadi. Virus iskabtoparning 3 nasli mobaynida saklanadi va mavsum sayin ulardan kishilarga o’tadi. Iskabtopar isitmasi O’rta dengiz sohilida, yaqin Sharqda, Hindiston, Sharqiy Afrika, Markaziy va Janubiy Amerikada bor. O’rta Osiyoda ondasonda uchraydi. Yashirin davri 3-6 kun. Temperatura bir necha soat ichida 38-40° gacha ko’tarilib, 2-3 kundan keyin tushadi. Bemorning darmoni quriydi, boshi, muskullari og’riydi, ko’zida og’riq seziladi; yuzi va tanasining yuqori qismi kerkadi, qizaradi; ko’z oqi ham qizaradi; ba’zan ko’ngli aynib, qusadi. Temperatura tushgach, darmonsizlik uzoq davom etadi. Iskabtopar isitmasini vrach aniqlaydi vadavolaydi. Oldini olish: bemor iskabtoparlar kira olmaydigan alohida xonaga yotqiziladi; iskabtoparlar yo’q qilinadi.