Petroley efiri

Petroley efiri — to’yingan alifatik uglevodorodlar (85% gacha 5 ta va 6 ta uglerodli uglevodorodlar) aralashmasi. Rangsiz suyuqlik, qaynash temperaturasi 30-80°, zichligi 650-700 kg/m3; tarkibida olefin va aromatik uglevodorodlar, oltingugurt, suv va mexanik aralashmalar bo’lmasligi zarur. Neft yoki gidrokreking mahsulotlarining engil fraktsiyasidan, shuningdek, katalizator ishtirokida So2va N2 dan sintez yo’li bilan olinadi. Smolalar, yog’lar, efir moylari va boshqalarni eritishda erituvchi sifatida qo’llanadi.