Petropavlovsk

Petropavlovsk — Qozog’istondagi shahar (1807 yildan). Shimoliy Qozog’iston viloyati markazi. G’arbiy Sibir tekisligining Janubiy-g’arbiy qismida. Ishim daryosi o’ng sohilida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 247 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Kichik litrajli dvigatellar, mashinasozlik, turli mexanizmlar, izolyatsiya materiallari zavodlari, go’sht kombinati bor. Tikuvchilik buyumlari, poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Pedagogika instituti, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi mavjud. Petropavlovskga 1752 yilda asos solingan.