Pilorospazm

Pilorospazm (Yunoncha pyloros — me’daning chiqish qismi va spasmos— qisilish) — me’da chiqish qismi (pilorus)ning qisilishi (spazmi). Me’da-ichak yo’li funktsiyasining buzilishi natijasida paydo bo’ladi. Nevrozlarda, me’da yarasida kuzatiladi. Ko’proq emadigan bolalarda uchraydi. Bunday bola emgan zahoti qusadi yoki hiqichoq tutadi, kam siyadi, bezovtalanadi, ko’p yig’laydi, qabziyat bo’ladi, ozib ketadi. Bemorni mutaxassis vrach davolaydi. Me’da yarasidagi Pilorospazm davolanmasa, pilorostenozga aylanib, qisilish doimiy bo’lib qoladi. Bunda bemorni faqat operatsiya qilib davolanadi.