Piridoksin

Piridoksin, piridoksol, V6 vitamini — suvda eriydigan vitamin; piridin hosilasi. To’qimada piridoksal-fosfat (asosan, aminokislotalarning sintezlanish va parchalanish reaktsiyalarida qatnashuvchi koferment)ga aylanadi. Go’sht, baliq, sut, jigar, xamirturush, ko’pgina o’simlik mahsulotlarida bo’ladi. Ichak mikroflorasida sintezlanadi. Piridoksin yetishmasligi odam va hayvonlarda dermatit, tomir tortishishi, anemiyaga sabab bo’ladi. Kimyoviy sintezlab olinadigan Piridoksin tibbiyotda ishlatiladi.