Poti

Poti — Gruziyadagi shahar. Qora dengiz bo’yidagi port. Rioni daryosi sohilida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 51,1 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Gidro- mexanizmlar, «Elektroapparat», elektromashina kuchaytirgichlari, kemasozlik, kema ta’mirlash zavodlari, un, baliq kombinatlari bor. Baliq ovlanadi. Gruziya politexnika institutining kechki bo’limi, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi faoliyat ko’rsatadi. Potiga 1578 yilda istehkom sifatida asos solingan.