Pochtamt

Pochtamt (nemischa Postamt) — aholiga, tashkilot va muassasalarga barcha turdagi pochta, telegraf, telefon, Internet aloqalari sohasida xizmat ko’rsatuvchi yirik aloqa tashkiloti. Pochtamt respublika, viloyat va ba’zi tuman markazlarida tashkil qilinadi. Pochtamt shaharning Markaziy pochta korxonasi hisoblanadi; shuning uchun ishlab chiqarish funktsiyalarini bajarish bilan bir vaqtda o’ziga qarashli aloqa bo’limlarining ishini tashkil va nazorat qiladi. O’zbekistonda barcha viloyatlar markazlarida, Nukus shahri va Toshkent shahrida Pochtamtlar faoliyat yuritmoqda (2004).