Praksitel

Praksitel (Praxiteles) (taxminan miloddan avvalgi 390—miloddan avvalgi 330) — yunon haykaltaroshi; so’nggi klassika namoyandasi. Afinada ishlagan. Praksitel asarlarini asosan marmardan ishlagan, antik nusxalardan va qadimgi mualliflarning yozmalaridan ma’lum. Praksitel davrining badiiy talablariga javob beradigan yangi, o’ta nozik go’zallik namunalarini yaratdi. Asarlari nisbatlar jihatidan kelishgan va uyg’un; marmarni mahorat bilan yo’nib, tasvirni his qila olgan va uning mayin shakliga erishadi. Praksitel shakllariga nafis holat va yengillik bera oladigan tashki tayanch nuqtalarini topa olgan: «Apollon Saurokton» (taxminan miloddan avvalgi 370, Vatikan muzeyida), «Afrodita» (taxminan miloddan avvalgi 360-350, Luvrda) va boshqalar.