Prolog

Prolog (Yunoncha prologos — muqaddima) — 1) teatrda spektakl (pyesa, opera, balet, musiqali drama va boshqalar) boshlanishi oldidan ijro etiladigan ko’rinish, sahna (ba’zida parda); 2) adabiy asarlarda muqaddimaning bir turi. Prologda muallif niyati, asarning yoki bevosita asarda aks etgan vokealardan oldingi voqealarning qisqacha mazmuni beriladi; dramatik asarlarda katnashuvchilar bilan tanishtiriladi. Masalan, Qodiriyning «O’tgan kunlar» asaridagi Prolog xarakterlidir; 3) musiqada Kantata, oratoriya (ba’zan simfonik asar) larning kirish qismi.