Ptolemey lag

Ptolemey lag, Ptolemey lag o’g’li, Ptolemey I Soter (xaloskor) — Misr hokimi (miloddan avvalgi 323 yildan), podshosi (miloddan avvalgi 305-283). 323 yil diadoxlarning qaroriga ko’ra, Aleksandr (Iskandar) saltanati 1-marta parchalanganda satrap sifatida Misrni idora etish topshirilgan. 322 yil o’zining o’tmishdoshi — Aleksandr davridagi Misr noibi Kleomenni o’ldirgan. 321 yil podshoh Regenti Perdikkaning hujumini daf qilgan. Boshqa diadoxlar singari o’zini 305 yil boshida podsho deb e’lon qilgan. 285 yil o’g’li Ptolemey II Filadelfni taxtdosh qilib olgan. P.L. Aleksandrning barcha yurishlarida, xususan, O’rta Osiyoga qilgan yurishlarida, Spitamen qo’zg’olonini bostirishda faol qatnashgan.