Puflama sozlar musiqasi
Puflama sozlar musiqasi — puflab chalinadigan sozlar ijrosidagi musiqa. Puflama hamda urma musiqa chol-g’ularidan iborat orkestr (yoki ansambl), shuningdek yakka sozlar uchun moslangan musiqa namunalaridan iborat. Qadimdan turli marosim, rasmiy tadbir, harbiy mashq va yurish, milliy bayramlarda ijro etilgan signal, o’yin-raqs, tantanavor va boshqa kuylardan tashkil topgan. O’rta Osiyoda surnay, karnay va nog’ora (yoki surnay — doyra va boshqalar) dan iborat ansambl ijrosidagi musiqa namunalari o’zbek, tojik, uyg’ur va boshqa xalqlar merosidan keng o’rin olgan.
O‘xshash so‘zlar
- PUFLAMA SOZLAR ORKESTRI
- Puflash (havo yuborish)
- Puflama musiqa cholg’ulari
- Pugachenkova Galina Anatolevna
- Pugachyov Emelyan Ivanovich
- PUGACHYOV QO’ZG’OLONI
- Pugachyova Alla Borisovna
- Pul






