Puxtalik, ishonchlilik

Puxtalik, ishonchlilik — buyumning belgilangan xizmat muddati davomida ish qobiliyati (ish ko’rsatkichlari)ni muayyan chegarada saqlagan holda o’z funktsiyasini bajarish xossasi. Buyum sifatini belgilovchi ko’p xususiyatlar ko’rsatkichi vaqt o’tishi bilan o’zgara boradi. Puxtalik buyumning vazifasiga va ishlash sharoitiga qarab, buzilmaslik, mustahkamlik va chidamlilik xossalarini o’z ichiga oluvchi umumiy xususiyatdir. Puxtalik buyumdan o’z o’rnida, kerak vaqtda va samarali foydalanishning texnik imkoniyatlarini ta’minlaydi. Puxtalik darajasi tayyorgarlik koeffisienti, texnik foydalanish koeffisienti, buzilmasdan ishlash ehtimolligi va boshqa ko’rsatkichlar bilan belgilanadi.