AXROMAT
AXROMAT (Yunoncha achromatos — rangsiz) — sferik va xromatik abberasiyalari (linzalar nuqsoni) bartaraf qilingan murakkab optik tizim (ob’yektiv). Ikki linzali (masalan, durbinlar, geodeziya asboblari, astronomiya refraktorlari) va ko’p linzali (masalan, mikroskoplar) bo’lishi mumkin. Axromatlar birbiridan shakli bilan ham farq qiladi.