Parfyumeriya

Parfyumeriya (Fransuzcha Parfum — yoqimli hid, atir) — teri, soch, kiyimlarni xushbo’y qiluvchi, shuningdek, gigienik vosita sifatida qo’llanadigan mahsulotlar. Qadimda xushbo’y moddalar sifatida faqat tabiiy mahsulotlar (efir moylari, balzam va boshqalar) ishlatilgan. Organik kimyoda rivojlanishi natijasida efir moylari va hayvon mahsulotlari (Anbar, mushk va hokazolar) bilan bir qatorda Parfyumeriya mahsulotlari tayyorlatshda sintetik xushbo’y moddalardan foydalanila boshlandi. Atir, upa, atir sovun, lab bo’yoklari, odekolon, xushbo’y suv, shuningdek, ter va uydagi noxush islarni yo’qotishda qo’llanadigan dezodorantlar, tirnoq va soch loklari ham Parfyumeriya mahsulotidir.