Postoynska yama
Postoynska yama, Adelsberg g’ori — Sloveniyadagi karst g’ori, Dinara tog’ligida, Postoyna shahri yaqinida joylashgan. Shimoli-g’arbdan Janubi-sharqqa yo’nalgan Postoynska antiklinalining rifli va qatqatli ohaktoshlaridan tuzilgan. G’orning kirish joyi 554 metr balandlikda, uzunligi 16,4 kilometr. Zal va galereyalari murakkab tuzilishga ega, manzarali stalaktit va stalagmit ko’p. G’or tepasida diametri 200 metrli karst voronkalari joylashgan. G’ordan Pivka daryosi oqib o’tadi. Postoynska yama qo’riqxona deb e’lon qilingan. Turistlar uchun jihozlangan (elektrlashtirilgan temir yo’l va o’ziga xos yoritish uskunalari qurilgan).