Izooktan
Izooktan, S(SN3)3—SN2- SN(SN,)2 — oktan izomeri, trimetil- pentan, benzin hidi keladigan rangsiz suyuqlik; qaynash temperaturasi 99,24°, suyuqlanish temperaturasi — 107,38°, zichligi 692 kg/m3, 500-570° da metan va izobutilen hosil qiladi. Sanoatda diizobutilenni katalizatorlar ishtirokida gidrogenlab olinadi. Izooktan suvda erimaydi, oddiy organik erituvchilarda eriydi; benzol, metil va etil spirtlar bilan Azeotrop aralashmalar hosil qiladi. Izooktanning antidetanasion xossalarini 100 birlikka teng deb qabul qilingan, u oktan soni deb ataladi. Antidetanatsion xossalari yuqori bo’lgan benzinlar olishda qo’shimcha sifatida ishlatiladi.