Me’morlik

Me’morlik, arxitektura — foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik imkoniyatlar va ja- miyatning estetik karashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish san’ati. Me’mor inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi b-n avval ijo- diy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat b-n bunyod etadi. M. asar- lari qatoriga turli-tuman binolar, uy- joylar, me’moriy majmualar, maydon- lar, shaharlar, ulardagi monu-mentlar, usti ochiq va yopiq inshootlar kiradi. Aholi yashaydigan manzillar — qishloq, shahar va shaharchalarni rejalab tashkil etish b-n M.ning jamlovchi, eng murak- kab sohasi — shaharsozlik shug’ullanadi. Tabiat manzaralari b-n bog’liq muhitni bunyod etish, bog’lar yaratish sohasi bog’sozlik (bog’-Park) san’atidir. M. asari amaliy xizmati, vazifasi- dan tashqari ma’lum g’oyaviybadiiy maz- Munni, o’z davrini ifodalovchi me’mo- riy qiyofa — obrazni mujassam etadi, moddiy madaniyatning eng ma-hobatli va eng ko’p xarajatli, tarkibiy qismini tashkil qiladi; ayni vaqtda mahobatli san’at sifatida namoyon bo’ladi. M. boshqa turli xil san’at namunalarini (haykaltaroshlik, o’ymakorlik, ganchkor- lik kabi) o’zida’ mujassam etishi b-n san’atlar onasiga, fazoviy shakllar o’zaro mutanosib, hamohang bo’lishini nazarda tutib me’moriy kadimiyat Yodgor- liklari toshda qotib qolgan musiqaga o’xshatiladi. Binoning mustahkam, inson uchun kerak va go’zal bo’lishi M.ning ilk taraqqiyoti davridan hozirgacha asosiy omili hisoblanadi. Qad. dunyo tarixida mashhur bo’lgan etti mo»jizatpk hammasi inson dahosi b-n yaratilgan me’moriy san’at asarlari bo’lgani bejiz emas. O’tmish davru davronlar to’fonida juda ko’p mahobatli binolar nomni- shonsiz to’zib ketgan. Lekin asrlar osha etib kelgan buyuk me’moriy meros yod- gorliklari zamirida M.ning yuksalish samara va marralarini kuzatish mumkin. Ayniqsa, moddiytexnika imkoniyatla- ri kengayishi, badiiy tarixiy tajri- ba ortishi natijasida M.ning uslubiy o’zgarishlari paydo bo’ldi. Qad. Sharq va Misrda M.ning hali tarix bilma- gan, odamlarni hayratda qoldiradigan mahobatli ehrom (piramida), zikkurat kabi ilohiy mafkura b-n bog’liqulkan inshootlari qad. ko’tardi. Hozir ham Misr exromlarini hayrat b-n ziyorat etadilar. Yunonistonda bunyod etilgan antik, klassik davrlar uslubida (mil. AV. 7-a.), o’rta asrlar Evropa me’mor- ligidagi roman (10-12-a.lar), gotika (12-15-a.lar) uslublarida ulkan bi- nolar, xususan, ibodatxonalar bunyod etildi. Afina Akropoli tepasidagi mahobatli Parfenon, doriy kolonnala- ri qatori, ajoyib re-lefli haykallari b-n hozirgacha klassik M.ning mashhur ramziga aylangan maktab, teatr, stadion, ibodatxona kabi yangi taqliddagi bino- lar qurildi. Gotika uslubiga xos cho’ziq ravoklar, nayzasimon shakllardagi bez- aklar G’arbiy Evropa shaharlarining muqaddas ziyoratgohlariga aylangan. Reymsdagi Notr-dam sobori (Frantsiya, 13-14-a.lar) Uyg’onish davri — Renes- sans (15-a. oxiri — 16-a. boshlari) uslu- bi asosini qad. davr klassik me’morli- gi shaklu-shamoyilini yangi davr talab va im-koniyatlari zamini b-n bog’lab qayta tiklash va rivojlantirish mahsulidir. Klassik orderlar — ustunlar ti- zimi asosida keng ko’lamda murakkab me’moriy ansambllar, majmualar, kat- ta shaharlar bunyod etildi. Klassik M. qonunqoidalari yangi zamon sharoitida noyob va nafis kompozisiyalar yaratish im-koniyatiga keng yo’l ochib berdi. O’rta asrlar me’morligida 16-a. ur- talaridan boshlab barokko uslubi keng tarqaldi. Binolar har jihatdan bezak- dor bo’lishiga alohida e’tibor beril- Di. Keyinroq (17-19-a.lar) hashamatli bezaklardan qaytib, yangi davr uslubini topish izlanishlari yaxshi natija berdi. Klassik va Renessans me’morligi tamoy- illari erishgan yutuklaridan ijodiy foydalanish natijasida klassisizm US- lubi paydo bo’ldi. Ayniqsa, G’arbiy Ev- ropa shaharlarida klassisizm ruhidagi ajoyib me’moriy ansambllar yaratildi. 19-a.ning 1-yarmi va 20~a.ning boshlari- da sanoatning rivojlanishi yangi tip — dagi me’moriy inshootlar qurilishiga olib keldi. Fka, z-D, elektrostantsiya, vokzal, elevator kabi sanoat binolari paydo bo’ldi. Ayniqsa, metall, temir-be- ton konstruktsiyalari va b. yangi qurilish materiallari (maxsus oyna, plastmassa va b.) M. imkoniyati ufqlarini baland ko’tardi, uslubiy izlanishlar ajoyib natijalar berdi. Qurilish maydoniga nihoyatda qudratli texnika va industriya kirib keldi. Bu esa osmono’par baland, ko’p qavatli binolar tiklash imkonini yaratdi. Binolar standart va Takrorlanuv- chi (tipovoy) qismlar asosida yig’ilib, ni-hoyatda tez fursatda kurila boshladi. Yangi material, texnika, yangi talab va imkoniyatlar M.da yangi oqimlarni tez yuzaga chiqardi. Funktsionistlar (AK.Sh da F. Rayt va b.) binoning go’zalligi, uning shakli va funktsiyasining uzviy- ligi, konstruktsiyaning nafis, materi- allarini tabiiy bo’lishiga bog’liq deb ta’kidlasalar, boshqa bir guruh me’mor- lar (Germaniyada V. Gropius va b., «Bau- xauz» ijodiy markazi) umuman yangi za- mon me’morligida bezakdorlikka o’rin yo’q, deb e’lon qilishdi. Qurilish tex- nikasi yutuq va imkoniyatlariga ko’proq e’tibor berib, M.ning g’oyaviybadiiy, hatto go’zallik sifatlarini inkor etish holatlari natijasida konstruktivizm oqimi paydo bo’ldi. Ijodiy okimning ko’pligi M. ob’ektlari ko’rinishida o’z ifodasini topdi. Keyingi yarim asr davomida dunyoning har tomonida ham shaharsozlik san’ati misli ko’rilmagan miqyosda o’sib ketdi, ajoyib, go’zal, zamo- naviy shaharlar tarixan qisqa muddatda bunyod topmoqda. Hoz. zamon M.gida ilga- ri tarix bilmagan badiiy xususiyatlar sezilmoqda, ya’ni me’moriy san’atda che- gara bilmas baynalmilal ruh va shaklu- shamoyil aniq sezilib qoldi. Shuning uchun ham M.da milliylik muammosi yana diqqat e’tiborni tortmoqda. Binobarin M., shaharsozlik, bog’sozlik san’atlari sohasida i. t. ishlari ham butun dunyo me’- moriy merosini o’rganishga qaratilgan, ilg’or me’morlik tajribalar ijodkor me’mor, rassom, talabalar saviyasini oshirish uchun xizmat qilmoqda. M. ola- midagi odatga ko’ra, tarixiy kitoblar, asosan, qad. dunyo — Misr, Yunoniston, Rim va o’rta asrlardagi Evropa davlat- lari M.gini kengroq taxlil etadi. Osiyo davlatlari, Xitoy, Hindiston, ara- biston kabi qad. madaniyat markazlari M.gi nisbatan kam o’rganilgani uchun, ularning xalqaro ta’siri bir oz cheklan- ganday ko’rinadi. Jumladan, Markaziy Osiyo M.gi, xususan, O’zbekiston M.gi ham mutaxassislar tadqiqotida endigi- na yuz ochmoqda. O’zbekiston M.gi juda qadimiyligi, turli-tuman me’moriy yodgorlikla- ri, yuksak nafosat mujassami bo’lgan mahobatli osori-atiqalari b-n diqqat- e’tiborni tortadi. Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi eng qad. madaniyat markaz- lari hozirgacha arxeologik yod-gorliklar qa’ridan ajoyib me’moriy xazina- ni namoyish etmoqda (Sopollitepa, Qo’yqirilgan qal’a, Tuproqqal’a, Af- rosiyob, Varaxsha, Poykend, qanqa kabi). Buxoro, Samarqand, tosh-kent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo’qon kabi ko’hna shaharlar o’zining noyob me’moriy obi- dalari (Somoniylar maqbarasi, Mag’oki Attori, Chashmai Ayyub, poyi Kalon maj- mui, labi hovuz majmui, Samarqand Registoni, undagi Ulug’bek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori mas- jidmadrasa va b.) b-n dunyoga tanilgan. O’zbekiston M.gi taraqqiyoti davrlari ichida tarixan eng ajoyibi Amir Temur va Temuriylar davri b-n uzviy bog’liq bo’lib, uni Uyg’onish — Sharq Renessansi sifatida ta’riflash odat bo’lib qolgan, «er yuzining sayqali» Samarqand, «bi- lim va odob gumbazi» Kesh — Shahrisabz shaharlari, ayniqsa Amir Temur sa’y- ehtimoli, me’moriy vayu-yati (valiy- likning ko’pligi) va karomati tufay- li tubdan qayta qurildi. Oqsaroy, Ko’ksaroy ko’shklari, dor US-Siyodat ma- drasasi, ko’k gumbaz, Jome’masjid kabi mahobatli va hashamatli binolar qad ko’tardi. Shohizinda kabi me’moriy ne — kropol bunyod bo’ldi. Ko’hna Kesh gullab yashnagan me’moriy Bog’istonga aylanga- ni uchun Shahrisabz nomi b-n ulug’landi. Samarqand atrofida paydo bo’lgan Mar- jon bog’lar halqasi to’rida Dilkusho ko’shki — Ishratxona, Chilustun ko’shki, kichik Oqsaroy ko’shki kabi xushbichim binolar, bir-biridan go’zal bog’i dil- kusho, bog’i naqshi Jahon, bog’i shamol, Bog’i chi-nor kabi bog’lar umuman me’mo- riy bog’sozlik san’ati ravnaqiga asos soldi. Hindistonga haqiqiy bog’sozlik san’ati temuriyzoda Zahiriddin Bobur b-n kirib kelganini hind san’atshu-nos- lari e’tirof etishadi. Hatto o’rta asr- lardagi Evropa bog’-parklariga te-muriy bog’lari ta’siri borligi sir emas. Xuddi shu davrda M. b-n bog’liq ilm-fan riso- lalari yaratilgani e’ti-borni tortadi. Agar Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Fo- Robiy, Birjondiy kabi allomalar asar- larida M.dagi garmoniyaga oid jihatlar mat. orqali asoslangan bo’lsa, Ulug’bek atrofidagi olimlar faqat astronomi- yaga doir tadqiqotlar b-n cheklanmay, M.ka doir risolalar yozishgan, bog’sozlik haqida dasturilamal yaratilgan. 16-a.da Buxorodagi xalq me’morlari dastxati b-n yaratilgan Nodir me’moriy chizmalar saqlangan (O’zFAShI fondida). Hoz. za- mon M.gida keng qo’llanilayotgan modul tizimi o’zbek me’morligida miqyos nomi b-n qadimdan ma’lum. O’zbekiston M.gi tarixini o’rganish yo’lida anchagina samarali tadqiqotlar bajarildi. Ayniqsa, M. bunyodkori xalq me’morlari ijodini o’rganish natija- sida qad. zamonlardayoq unut bo’lgan ba’- zi me’moriy qonunqoidalar siru asrori ochildi. Hatto uzoq Misrdagi piramida- ehromlar loyihasi haqidagi keying ikki asr davomida olimlar bahs etib kelayotgan muammo o’zbek xalq me’morla- ri amalida saqlanib qolgan me’moriy Alqonun-ulgutarh orqali oson echimini topdi. O’zbekiston M.gining asrlar davo- mida avloddan-avlodga o’tib kelayotgan an’-analari, qonunqoidalari 19-a.— 20-a, boshlaridagi mustamlaka davrida keskin zarbaga uchradi. M. ijodkorlari ma’muriyat talabi ostida ishlashga maj- bur bo’ldi. M.da ba’zi yangiliklar qatori qorishiq (eklektika), turli uslublar (rus, Evropa va b.) kirib kelayotgan kapi- talistik talablar b-n hamohang bo’ldi. Xalq me’morligi ikkinchi keskin zarbaga Sovet tuzumi davrida uchradi. M. davlat monopoliyasiga uchragani uchun me’morlar ijodi va tashabbusi tamoman inkor etilgani natijasida joylardagi yirik qurilishlar, ayniqsa, shaxsiy bi- nokorlik cheklab qo’yildi, oqibatda taj- ribali xalq me’morlari oddiy quruvchi, hatto mardikor darajasiga tushib qoldi. M. ijodi Moskva normativlari asosi- da bajarilishi milliy M.ni so’ndirib qo’ydi. «Shaklan milliy, mazmunan so- tsialistik arxitektura» shiori 20-a. ning 2-yarmidan boshlab ba’zi ijodiy izlanishlarga yo’l ochdi (Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri binolari kabi). O’sha davrda yaratilgan diqqatga sazovor bi-nolarda xalq ustalari ishtiroki b-n ijobiy natijalarga erishildi. Mustaqil O’zbekiston M. sohasida to’g’on bo’lgan g’ayri talablarga barham berdi, M. ravnaqi uchun keng ijod ufqi ochildi. Toshkent va Samarqandda maxsus Arxitektura-qurilish in-tlari malaka- li me’morlar tayyorlab bermoqda. Max- sus o’quv yurtlarida rassom, haykaltarosh, ganchkor, naqqosh kabi mutaxassislar tayyorlanadi. O’zbekiston M.gi keyin- gi o’n yillik (1991-2001) ichida katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, poytaxt Toshkent qiyofasi o’zgarib, yanada obod bo’ldi, mahobatli binolar qad ko’tardi («Turkiston» saroyi, Oqsaroy, tosh- kent hokimiyati, Oliy Majlis binolari, O’zbek milliy teatri rekonstruktsiyasi, O’zbekiston konser-vatoriyasining yangi binosi, Temuriylar tarixi davlat mu- zeyi, Amir Temur va Alisher Navoiy haykallari va h. k.). Ad.: 3axidov P., Tradisii narodnix zodchix Uzbekistana: M., 1964; Vseob- tshaya istoriya arxitekturi, t., 1-12, M.-L., 1944-1975; Zohidov P., Me’mor olami, T., 1991. Po’lat Zohidov.