Manbashunoslik

Manbashunoslik — tarixiy manbalarni [q. Manbalar (tarixiy)] iz- lab topish, qayd etish, to’plash, o’rganish va qo’llanish nazariyasi va amaliy usul- lari haqidagi fan. M. tarixshunoslik- da yordamchi fan sohalari (arxeografiya, arxivshunoslik, genealogiya — nasabshu- noslik, metrologiya — o’lchovshunoslik, epigrafika, tekstologiya — matnshu- noslik, xronologiya — davrshunoslik, geraldika — gerbshunoslik, numizma- tika — tangashunoslik va sfragisti- ka — muhrshunoslik) qatorida etakchi o’rinda turuvchi alohida ilmiy soha. M.ning bevosita tadqiqoti yozma man- balar ustida bo’lsada, ammo, uning aso- siy ilmiy va amaliy uslubiyati tari- xiy qadriyatlarning barcha turlarini o’rganishda va tanqidiy tahlil etishda qo’llaniladi. M. ikkiga — amaliy va nazariy M.ka bo’linadi. Amaliy M. tarixning ay- Rim soha va yo’nalishlari hamda davr va bosqichlari b-n shug’ullanib, izlab to- pilgan tarixiy manbalarni arxiv, muzey va kutubxonalarning maxsus xazinalari- da to’plash, qayd etish, saqlash, ta’mir- lash va ta’riflash kabi ishlarni amalga oshiradi. Nazariy M. tarixiy manba- larning yaratilishi va ularda tarixiy voqeliklarning rivojlanish jarayon- larini aks ettirish tartibi, usullari, axborotlarning tarkibi va joylashish xususiyatlarini tadqiq etadi. Manbalar- ni tartibga solish va turkumlarga ajra- tish asoslarini ishlab chiqadi, ularning umumiy va maxsus turlarini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq qilish uslubini belgilab beradi. M.ning nazariy masa- lalari, asosan, yozma manbalar zaminida- gi tarixiy asar va hujjatlarga binoan hal etiladi. Tarixiy manbalar tadqiqoti jarayo- nida quyidagi masalalar belgilab oli- nadi: qo’lyozma asarlar va hujjatlarni topish va ajratib olish; asosiy matnni va so’nggi qo’shimcha yoki ilovalarini belgilash; manbaning yuzaga kelishi, as- liy yoki ko’chirma nusxaligini aniqlash; M. jihatidan qo’lyozma matni qanchalik to’liqligi, unda berilgan ma’lumotlar- ning haqqoniyligi va anikligi hamda bitilgan davrini belgilash. Chunki har qanday mavzu yoki tarixiy voqelik bayo- ni M. jihatdan keng qamrovlik va mu- kammallikni taqozo etadi. Shu boisdan tarixiy manbalarning yaratilish davri- ning anikligi M.da muhim ahamiyatga mo-likdir. Chunki, yozilgan yoki ko’chirilgan vaqti qayd etilmagan asarlar tamaddun tarixi davomida uchraydi. Bunday holat ayniqsa qad. dunyo va o’rta asrlar yozma yod- gorliklariga xosdir. Yozma manbalarni yuzaga kelish ta- rixini o’rganish borasida asarning yili, yozilish uslubi, matnda uchraydi- gan davr va sanalar, og’irlik va uzunlik o’lchamlari, pul birliklari, geografik nomlar hamda shaxsiy ismlarni belgi- lash M.da ayniqsa muhimdir. Chunki ta- rixiy asarlarning aksariyati o’z davrida muallifi tomonidan ma’lum darajada tuzatishlar yoki qisqartirishlar ki- ritilgan bo’lsa, keyinchalik esa uning muharrirtarjimonlari yoki tegishli nazoratchilari tomonidan qandaydir o’zgartirishlar amalga oshirilgan yoki boshka tilga tarjima etilgan bo’lishi mumkin. Natijada matn, mazmun va g’oyaviy yo’nalish jihatidan aslidan o’zgacha nusxalari paydo bo’lgan. Shu bo- isdan tarixiy manba muallifi, tarji- moni va kotiblarini aniqlash muhim ahamiyatga molikdir. Manbalarning as- liy va ko’chirma nusxalarining yaratili- shi b-n bevosita bog’liq bo’lgan muarrix- larni belgilab olish b-n manba nusxala- ri, ayniqsa tarjimalarining qanchalik asliga monandligi hamda ularda kelti- rilgan tarixiy atama, nom va sanalar- ning haqqoniyligi aniqlab olinadi. M. ko’p asrlik tarixga ega. Amaliy M. dastavval Sharqning Misr va Mesopota- miya kabi qad. madaniyat uchoklarida qad. podsholiklar (Misr, Shumer, Akkad va Ossuriya) va ularning boshq-aruv tizim- lari shakllanayotgan davrlarda yuzaga kel- Di. M.ning ilk omillari dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo- sotiq kabi xo’jaliklarning kengayib rivojlanishi natijasida hayotiy exti- yojlar yaratgan eng qad. yozuvlar (Misr ierogliflari, Mesopotamiya mixxati) kashf etilishi, ilmiy-amaliy bilim- larning vujudga kelishi b-n chambarchas bog’liq holda paydo bo’ldi. M.ning asosi hisoblangan ilk yozuvlar mil. AV. 4ming yillikda shakllandi. Eng qad. Hujjatlar tosh, sopol, po’stloq, xom gisht, yogoch, teri, papirus poyasiga bitilgan. Dastlab ularda eng muxim voqea va hodisalar, nasihatnoma va diniy she’rlar yozilgan bo’lsa, keyinchalik podsholiklar tashkil topgach, podshoh qonunlari (Xammurapi, mil. AV. 1792-1750 y., Xett, mil. AV. 2-ming yillik — qonunlari to’plami), madhiya (gimn)lar, davlatlararo bitim- lar (mil. AV. 1280 y. Xattusili III va Ramzes II larning tinchlik shartnoma- si) kabi tarixiy hujjatlar bitilgan hamda yillik taqvim va o’lka xaritalar (Misr, Urartu, Bobil va ularning teva- rak atroflari) chizilgan. Haqiqiy ta- rixiy hujjat tusini olgan bunday qad. lavhalar mil. AV. 4ming yilliklarda kuchirilib, uziga xos kitoblar yaratil- gan va ularni saklash uchun kutubxona va ar-xivlar tashkil etilgan (ur, nip- pur, Nineviya, Bobil, Ashshur sh.lari). Mas, birgina Ossuriya podshohi Ash- shurbanipalning Nineviyadagi kutubxo- nasida 30 mingdan ortiq xatli lavhalar saqlangan. O’sha davrlardayoq Shumer, AK- kad va Ossuriya maktablarida hujjatli lavhalardan nusxalar kuchiruvchi va ular- ni jamlab saklovchi davlat kotib (Mir- zo)lari tayyorlanib, amaliy M.ka asos solingan. Mesopotamiya arxivi va ku- tubxonalaridan esa hatto mil. AV. 3ming yillikka mansub mamlakat tarixi va Geo- grafiyasiga oid ma’lumotlar topilgan. Tarixiy hujjatlar va yozma manba- larga tanqidiy yondashish, ularda kel- tirilgan ma’lumotlarni taxlil qilish va asarlar yaratishda manbalardan foy- dalanish yullari qad. dunyo tarixchila- rining nomi va tarixnavislik ijodi b-n bog’liqdir. Dastlab yunon muarrixi Gerodot ayrim yozma manbalarga shubha kuzi b-n boqqan bo’lsa, Polibiy, Livii, Tasit, Iosif Flaviy kabi tarixchilar o’z asarlarida manbalarni tanqidiy AJ- ratish, bir-biriga zid ma’lumotlarni solishtirish b-n tarixiy manbalarni tekshirib ko’rish yo’lini qo’llaganlar. O’rta asrlarda manbalarga tanqidiy mu — nosabatda bo’lish deyarlik barham topgan bo’lsada, ammo Uyg’onish davrida u qayta jonlandi. Uning rivojiga ma’lum da- rajada gumaiistlar o’z hissalarini qo’shdilar. 16— 17-a.larda M.ning rivojlani- shi, asosan, diplomatiya ehtiyojlarini qondirish b-n bog’langan bo’lsada, ammo bu davrda yozma manbalar, tari- xiy hujjatlarni ilmiynazariy tadqiq qilish uslubiyati va amaliy usullari (B. G. Nibur, L. Ranke, T. Mom-mzen) ishlab chiqildi. O’zbekistonda amaliy M.ning yuzaga kelishi va rivoji, agarda arxeologik to- pilmalarga asoslanilsa, bir necha ming yillik tarix b-n uzviy bog’lanadi. Zar- dushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestonint charmga bitilgan ilk nus- xalari hamda qad. Niso vatuproqqal’a shahar xarobalaridan topilgan charm, yog’och va sopol bo’laklariga yozilgan xo’jalik hujjatlarining guvohlik be- rishicha, qad. Turon hududlarida ilk qo’lyozma manbalar mil. AV. 1ming yil- likda yuzaga kelgan. Ular shahar ibodat- xonalari va poytaxtlarda qad ko’targan podshoh qarorgohlarida saqlangan. Mac, Ko’hna Niso xarobalarida o’tkazilgan ar- xeologik qazishmalar vaqtida 2 mingdan ortiqroq sopol bo’laklariga Parfiya yozu- VI b-n bitilgan xo’jalik hujjatlari to- pilgan. Ularda Nisoning 17 bog’dorchilik tumani va 10 ta qishlog’idan qaysi yilda qancha miqsorda musallas keltirilib topshirilgani qayd etiladi. Xorazm- shoxlarning qad. poytaxti Tuttroqqal’a xarobalaridan qazib ochilgan podsholik arxividan esa teri va yog’ochga yozilgan 100 dan ortiq kirim hujjatlari topil- gan. Ularda podsho xazinasiga tushgan soliqlarning nomi, miqdori va qaerdan keltirilgani belgilangan. Yog’ochga bi- tilgan hujjatlarda esa, ozod, qul, xiz- matkor, Malika cho’rilari, Shahzoda xiz- matkorlari, qullari kabi qad. Xorazmda hukm surgan ijtimoiy hayot b-n bog’liq tabaqalarni belgilovchi atama va ibora- lar tilga olingan. O’zbekiston hududida qayd etil- gan bunday yozma yodgorliklar va ular- ning ibodatxona va podsho saroy- larida saqlanishi, shubhasiz, bu hududda Baqtriya, Sug’d va Xorazm kabi dehqonchilik vohalarida ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar (ziroatkorlik, chorvachilik, hunarmandchilik) va savdo- sotiq mu-nosabatlarining kengayishi oqibatida tashkil topgan qad. Davlat birlashmalarining va ularda boshqaruv tizimlarining shakllanishi b-n chambar- Chas bog’liq tarzda yuzaga kelganidan da- lolat beradi. O’rta asrlarda Arab xalifaligi, so- moniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar boshqargan yirik davlatlarning tashkil to-pishi, poytaxt shaharlarda masjid, madrasa va rasadxonalar qad ko’tarib «bayt ul- hikmat» (Bag’dod), dor ul-ilm (Xorazm, Samarqand), dor ushshifo (Hirot) va kitobxonalar kabi ilm-fan va amaliyot dargohlarida bilimdon olimu-fuzalo- larning to’planishi b-n, shubhasiz, M.ka e’tibor kuchayadi. Bu davrda amaliy M. faoliyati birmuncha kengayib qo’lyozma manbalarni ilmiy jihatdan tadqiq qilishga kirishiladi. Yozma asarlarni to’plash, saqlash va nusxalar ko’chirish, noyoblarini o’zga tillardan tarjima qilish b-n bir qatorda asar matnlarini qisqartirish, so’nggi ma’lumotlar kiri- tilib, qisman bo’lsada, ularni to’ldirish ishlari kabi tahririyat ishlari ham amalga oshiriladi. Birgina «bayt ul hikmat»da 9-11-a.larda o’rtaosiyolik olimlardan Yahyo ibn Abu Mansur, Muso al-Xorazmiy, Xolid Marvarrudiy, Abul Abbos Javhariy, Ahmad Marvaziy, Abul Fazl ibn Turk Xuttaloniy, Ahmad Farg’oniy, Bonu Muso, Ahmad Saraxsiy, Abu Homid Sag’oniy, Abdulloh ibn at- Turk, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Nasr fo- Robiy, Talxa Xuzoiy, Ali ibn Rabbon at- Tabariylar faoliyat ko’rsatgan edilar. Bag’dodda kutubxonalar ochilib Sharq va G’arb antik dunyosining ilmiy va ma’na- viy merosi o’rganiladi. Hind, yunon, Su — ryoniy, paxlaviy, sankskrit tillaridan ko’pgina asarlar Arab tiliga tarjima qilinadi. 10-12-a.larda Movarounnahrda ta- rix va geogr.ga qiziqish va mahalliy aholi tilida yozilgan asarlarga bo’lgan ehti-yojning ortishi b-n tarixiy Kito- blar Arab tilidan fors tiliga tarjima qilina boshladi. Ayni shu davrda gar- diziynij «Zayn ul-Axbor» («xabarlar ko’rki»), Bayhaqiyinng 30 jildli «ta- rixi oli Mahmud» («Mahmud xonadoni tarixi») tarixiy asari, Maji-duddin Adnoning «tarixi muluki Turkiston» («Turkiston mamlakati tarixi»), Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» kabi asarlari arabchadan fors tiliga tarjima qilingan. 943-944 y.larda Arab tilida yozilgan «Buxoro tarixi» kitobining tarjimoni va muxarriri Abu Nasr Axmad Kuboviy asarning Arab tilidan fors tiliga tar- jima qilinishi haqida quy-idagilarni yozgan edi: «…Ko’pchilik kishilar Arab tilida yozilgan kitobni o’qishga rag’bat ko’rgazmaganliklari sababli, do’stlarim mendan u kitobni fors tiliga tarjima qilishni iltimos qshshilar… 522 y.ning jumad ul-avval oyida» (1128 y. may) kitobni fors tiliga tarjima qildim. Birok, Arab tilidagi nusxada keraqsiz va buning ustiga o’qiganda [kishi] tabi- atiga malollik orttiradigan narsalar [haqida ham] so’zlangan ekan. U narsalar- ning bayoni [tarjimaga] kiritilmadi». 1178 y.da esa «tarixi Buxoro» kitobi Muhammad ibn Zufar tomonidan 2marta qisqartirildi va tahrir etilib qayta bayon etildi. Ushbu asarning 2 marta qisqartirilib qayta yozilgan nusxasi hoz. kungacha saqlanib qolgan. O’rta asrlarda M.da tarixiy asardan nusxa ko’chirish b-n bir qatorda ular- ning tarjimasi muhim o’rin tutgan. Asar matnlarini ko’chirib, tarjima qilishda, ayniqsa, joy nomlari (topo- nim), suvlar (gidronim), tog’lar (oro- nim)lar hamda shaxs ismlarini aniq va to’g’ri yozilishi, buzilish hollari hamda o’zga tillarga ag’darish oqibatida yuza- ga kelgan o’zgarishlar kabi masalalarga jiddiy ahamiyat berilgan. Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» asarida bu haqda quyidagilarni ta’kidlaydi: «boshqa xalq mahalliy nomlarni buzib talaffuz etadi… tili boshqa bo’lgan qabilalar bi- Ron joyni egallaganlarida nomlar tez- tez o’zgarib turadi… nomlarning ma’no- sini boshqa tilga tarjima qilganda yoki talaffuzini osonlashtiradigan tovush- lar b-n yozganda nomlar o’zgarib ketadi. Ko’pincha, arablar chet el nomlarini, Arab- chalashtirib, shunday o’zgartiradilar va buzib aytadilar» («Hindiston»). Mac, Xasart (Sirdaryo) bo’yidagi shaharni tur- kiy aholi Yangikent va Janikent, ara- blar «qariyat ulhadisa» (yangi qishloq) va «Madinat ul-jadida» (yangi shahar), tojiklar Dehinav deb atashgan. Shu boisdan o’rta asr M.da kutubxona- larda faoliyat ko’rsatadigan tarjimon, Musannif va kotiblar tanlovida ular- ning tub joyligiga alohida e’tibor b-n qaralgan. Chunki qo’lyozma matnlarining bexato ko’chirilishi, joy nomlarining buzilmasdan to’g’ri yozilishi va tarixiy asar tarjimalarining benuqsonligi ko’p jihatdan kotibu musanniflarning lingvistik salohiyatiga bog’liq bo’lgan. Abulg’oziy Bahodirxon «Shajarayi turk» nomli asarini yozishga kirishga- nida Rashiduddin Fazlullohning «jome attavorix» va «Chingiznoma» kabi Kito- blar va ularning nusxalaridan istifoda etgani haqida yozar ekan kitob nusxalari- ning qaytaqayta ko’chirilishi oqibatida matnlarining de-yarlik yarmi g’aliz bo’lib qolganini ta’kidlaydi. M. tarix fanining maxsus sohasi va alohida tadqiqot predmeti sifati- da 19-a.ning 2-yarmi — 20-a. Boshlarida shakllandi. M.ning rivojida G’arbiy Evropa va Rossiya olimlaridan g. Droy- Zen, E. Berngeym, E.Frimen, Sh. V. Lan- glua, Sh. Senobos, N. M. Karamzin, V. N. Tatishchev, S. M. Solovev, N. I. Ko- stomarov, V. O. Klyuchevskiy, A. A. Shax- matov, A. S. Lappo — Danilevskiy va b. olimlarning tadqiqotlari va asarlari muhim ahami-yat kasb etdi. Bu davrda Sharq qo’lyozma asarlarini to’plash, tadqiq etish, boshqa tillarga tarjima qilish va nashrdan chiqarish b-n bog’liq ilmiy-amaliy ishlar yo’lga solinib, M.ning ilmiynazariy uslub iyati ishlab chiqildi. Bu borada Sankt- Peterburg kabi qator i. t. Markazlarida faoliyat ko’rsatgan Sharq-shunos olim- lar — V. V. Bartol’d, V. V.Velyaminov- Zernov, N. I. Veselovskiy, V. V. Grigo- Rev, V. A. Jukovskiy, K. G. Zaleman, N. I. Ilminskiy, P. M. Melioranskiy, V. V. Radlov, V. R. Rozen, A. N. Samoylovich va b.ning xizmatlari katta bo’ldi. Turkistonda bu davrda, boshlang’ich tusda bo’lsada, arxeologiya, etn. va numiz- matikaga oid topilma va ma’lumotlarni to’plash, tadqiq etish, ko’rgazma va muzey fondlarini tashkil qilish boshlanadi. Toshkent, Samarqand va Buxoroda (V. V. Bartold, V. L. Vyatkin, V. V. Grigorev, V. A. Jukovskiy, L. A. Zimin) dastlab- ki arxeologik qazishlar o’tkaziladi. Bu izlanishlar va mahalliy havaskor o’lkashunoslar (Akram Askarov, Mir- zo Abdulloh Buxoriy, Muhammad vafo) jalb etiladi. O’zbekistonda sho’rolar davrida, gar- chi fanga ma’lum darajada ahamiyat beri- lib, etuk mutaxassis olimlar voyaga etib, M. fani ilmiy-amaliy jihatda yo’lga qo’yilgan bo’lsada, ammo sho’rolarning tuzumi xudbinlik va mahsudlik mafku- rasi tufayli butun bir tarixiy davrlar (Amir Temur va Temuriylar), O’zbekona Sharq ma’naviyati, serqirra davlatchi- lik va xo’jalik yuritish hamda xalqning ijtimoiy va siyosiy hayoti b-n uzviy bog’langan sulolalar shajarasi va ma’ri- Fat maktablari tarixiga doir noyob yozma manbalar va hujjatlar tadqiqot rejala- ridan chetda qoldi. O’rta Osiyoda oliy ta’lim tizi- mi va ilmiy tadqiqot in-tlari tash- kil to-pib keng ko’lamda rivojlanishi b-n tarixiy tadqiqot ishlari yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda, xususan, FA tizimida Abu Rayhon Beruniy nomida- gi Sharqshunoslik, Tarix va arxeolo- giya in-tlarida olib borilgan i. t.lar natijasida M. alohida fan sifatida shakllandi va taraqqiy topdi. O’rta asr Sharq qo’lyozmalarini o’rganish, tarjima qilish va ularni to’la sharhlar b-n nashr qilish ishi keng rivojlandi. O’zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik in-tining Sharq qo’lyozmalar fondida 150 mingdan ortiq, shu jumladan, 26 ming jild qo’lyozma, 28 ming jild bosma asarlar saqlanadi (2003). 1952-2000 y.lar mobaynida «Sharq qo’lyozmalari to’plami»ning 11 jildi nashr etildi. Mazkur to’plamlarda fanning turli sohalari bo’yicha 8 ming- dan ortiq Arab, fors, o’zbek va b. tillar- da yozilgan qo’lyozmalar sharhlab berilgan. Shular b-n bir qatorda bu davr- da o’rta asrlarning mashhur mutafak- kirlari Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari»; Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan Yodgor- liklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Mas’ud qonuni», «ma’danshunoslik», «Farmakognoziya», «munajjimlik san’- ati boshlang’ich tushunchalar»; Abu Bakr Roziyning «sirlar siri kitobi»; Ali Qushchining «astronomiyaga oid risola»; Mirzo Ulug’bekning «Ko’ragoniyning yangi jadvali», «to’rt ulus tari-XI»; Abu Bakr Narshaxiyning «Buxoro tarixi»; Abul Fazl Bayhaqiyning «Mas’ud tari- XI»; Ibn Arabshohning «Amir Temur ta- rixi»; Sharafiddin Ali Yazdiyning «za- farnoma», Nizomiddin Shomiyning «za- farnoma»; Mirzo Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy»; Hofiz tanish al- Buxoriyning «Abdullanoma»; Muhammad Yusuf Munshiyning «Muqimxon tari- XI»; Mir Muxammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma»; Mirzo Bade’Devon- ning «raqamlar yig’indisi»; Mirzo AB- dulazim Somiyning «mang’-it xonlari tarixi» va b. ko’pgina qo’lyozma manba- lar o’zbek va rus tillarida nashr etil- Di. Shuningdek, O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston tarixiga doir muhim rasmiy hujjatlar (vaqfnoma, vasiqa, garovno- ma, tilxat va b.)ni kataloglashtirish va tadqiq qilish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. 14— 16-a.lar va 20-a. rasmiy hujjatlari (P. P. Ivanov, O. D. Chexovich, R. G. Mukminova) chop qilindi. Xiva, Ko’qon xonliklari va Buxoro Amir- ligi arxiv materiallarini tadqiq etish- ga kirishildi. A. L. Troiskaya tomonidan «Qo’qon xonligi arxiv hujjatlari» ka- talogi, A. R. Muhammadjonov tahriri ostida «Buxoro amirligi joy nomlari» (hujjatlar foto faksimili b-n) kitobi nashr etildi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qo’lyozma asar- lar fondida saqlanayotgan manbalarni soha fanlari bo’yicha sharxlash va kata- loglashtirish ustida jiddiy tadqiqot ishlari olib borildi. 1997— 2001 y.lar mobaynida «tarix», «tabiiy va aniq fanlar», «tabobat», YUNESKO hamkorligida «Sharq mini-atyurala- ri», Yaponiyaning Kioto unti b-n birga- likda «Xivaning qozilik hujjatlari» (19-a. oxiri — 20-a. boshlari) kabi to’plamkataloglar nashrdan chiqarildi. Bu maxsus to’plamlarda Arab, fors, o’zbek tillarida yozilgan 4300 dan ziyodroq qo’lyozma manbalar qisqacha sharhlangan. Bulardan tashqari, bu davrda «kabrtosh- lar epigrafikasi» b-n shug’ullaniladi. 1997 y.da Visbaden sh.da doktor Lyudvig Rayxert nashriyotida «Shayboniylar qabr toshlaridagi bitiklar» (B. Bobojonov, A. Mo’minov, Yu. Paul) o’zbek, nemis va rus tillarida chop etildi. Bu uziga xos bitiklar to’plamida 16-a.ga mansub 84 ta qabrtosh yozuvlari sharhlangan. Qab-rtosh epigrafikasi M.da alohida soha bo’lib, o’rta asrlarda butun Islom du-nyosida, shu jumladan, O’rta Osiyoda keng tarqalgan yozuv san’ati hisoblanadi. O’zbekistonda M.ning taraqqiyotiga S. A. Azimjonova, M. A. Sale, A. A. Se- myonov, A. K. Arende, P. G. Bulgakov, I. Abdullaev, B. Ahmedov, B. Valixo’jaev, B. Vahobova, A. B. Vildanova, L. M. Epi- fanova, R. Jalilova, N. I. Ibrohimov, A. Irisov, U. I. Karimov, S. Mirzaev, Q. Munirov, S. Mutalibov, G. Ostano- va, A. P. Qayumov, A. Rasulov, A. Rusta- mov, H. Sulaymonov, U. Uvatov, T. Fay- ziev, A. Xo’jaev, X. Hikmatullaev, Sh. M. Shoislomov, Olim Sharafuddinov, P. Shamsiev, D. Yusupova, A. O’rinboev kabi olimlar katta hissa qo’shdilar. Ularning sa’yharakatlari va betinim tadqiqotlari tufayli O’zbekistonda milliy M. maktabi tashkil topdi. Hoz. kunda bu maktabda B. Abduhalimov. A. Aytboev, B. Bobojo-Nov, o. Bo’riev, G’. Jo’raeva, H. Karomatov, S. Karimova, A. Madraimov, X. To’raev, M. Hasaniy kabi manbashunos tadqiqotchilar ijod qilmoqdalar. Ad.: Muhammadjonov A. R., Ne’matov T., Buxoro va Xivaning Rossiya b-n mu- nosabatlari tarixiga doyr ba’zi manba- lar, T., 1957; Istochnikovedenie istorii XIX — nachala XX v (Uchebnoe posobie), M., 1970; Azimdjanova S. A., Vostoko- Vedenie (v Uzbekistane) v knige «Nauka v Uzbekistane», t. 2, T., 1974; Lunin B. V., Istoriografiya obtshestvennix nauk v Uzbekistane, biobibl. ocherki, T., 1974; Fas IX Axmad al-X a v a f i , Mudjmal-i Fasixi (Fasixov svod), Per. s Persid, prim. i ukazateli Yusupovoy D. Yu., T., 1980; Mirza Badi’Di-v a n , madjma’al- arkam («Predpisaniya fiska»), (Priemi dokumentasii v Buxare XVIII v.) Faksi- mile rukopisi. Vvedenie, Per., prim. I priloj. Vildanovoy A. B., 1981; Hofiz Tanish al-Buxoriy, Abdullanoma, «sha- raf-nomaiy shohiy», 1-2-kitob, Fors tilidan S. Mirzaev tarjimasi, so’zboshi va izohlar Ahmedov B., T., 1999-2000; Naselennie punkti Buxarskogo emira- ta, materiali k istoricheskoy geogra- fii sredniy Azii. Pod. Red. Muxam- medjanova A. R., Sostaviteli: Yulda- shev I., Ubaydullaev K., Chexovich od., Xakimova K. 3., T., 2001; Shayboniylar qabrtoshlaridagi bitiklar. Katalog. Nashrga tayyo’rlovchilar: Bobojonov B., Mo’minov A., Paul Yu., Visbaden, 1997; Katalog Xivinskix kaziyskix dokumen — tov XIX — nach. XX vv., sost. Urinbaev A., Xorikava T., Fayziev T., Djuraeva G., Isogay K., Tashkent — Kioto, 2001. Abdulahad Muhammadjonov.