Missisipi
Missisipi (mahalliy indeys- lar tilida — katta dare) — AQShdagi dare, dunyodagi eng katta daryolardan biri. Uz. 3950 km (Missuri daryosining boshi- dan hisoblaganda 6420 km), havzasining mayd. 3268 ming km2. Minnesota shtati- ning shim. qismidagi ko’ldan boshlanadi, Markaziy tekisliklar va Meksika bo’yi pasttekisligini shim.dan janubga ke- sib o’tib, Delta hosil qilib (32 ming km2) Meksika qo’ltig’iga quyiladi. Eng yirik irmoklari: o’ngdan — Minnesota, De-Moyn, Missuri, Arkanzas, Redri- ver, chapdan — Viskonsin, Illinoys, Ogayo. Vodiysining morfologik tuzi- lishi va suv rejimiga kura, M. 3 qismga bo’linadi. Yuqori qismi dastlab kichikroq ko’llar orqali o’tadi, ostonalar bor. Minneapolis sh.dan boshlab, Daryo o’zani shlyuzlangan, Missuri daryosi quyilish joy-igacha bir necha o’nlab to’g’on qurilgan. O’rta qismida Daryo, asosan, bir o’zanda oqadi; vodiysining kengligi 10— 15 km. Missuri irmog’i qo’shilgach, uning loyqa suvi M.ning tiniq suvi b-n 150-180 km gacha yonma-yon oqadi. Quyi qismi keng tekislikdan o’tadi, vodiy- sining kengligi 25 km dan 70— 100 km gacha. Qirg’oqlariga toshqinga qarshi dam- balar qurilgan. M. dengizga yiliga 350 mln. t dan ortiq oqiziq keltiradi. Daryo- ning quyi qismida suv ko’payganda suvi- ning bir qismi pon-shartren ko’liga va M.dan 15-40 km g’arbda oquvchi Atchafa- Laya daryosiga oqadi. Daryo qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Bahor va yoz oyla- rida M.ning o’rta va quyi qismida kuchli toshqinlar bo’ladi. Yuqori qismi qishda muzlaydi. Daryoning yillik o’rtacha suv sarfi 19 ming m3/sek (eng yuqorisi 50— 80 ming m3/sek). Daryo suvining sanoat korxonalari chiqindilari b-n ifloslanishini kamaytirish choralari ko’rilmoqda. M.ning transport ahami- yati katta: kema qatnaydigan Daryo va ka- nallar orqali Buyuk ko’llar va chu-qur suv yo’li qisoblangan SanLavrentiy daryosi orqali Atlantika okeani b-n bog’langan. Minneapolis sh.gacha (3000 km) Daryo kemalari, Baton-ruj sh.gacha okean kema- lari qatnaydi. M. Daryo sistemasidagi barcha kema qatnovi yo’llari uz. 25 ming km dan ortiq. Gidroenergiya resursiga boy (27,5 GVt). Eng axamiyatli GES Ki- okak sh. yaqinida qurilgan. M. sohilida Minneapolis, Davenport, Sent-Luis, Memfis, Baton-Ruj, Yangi Orlean sh.lari joylashgan.