Muhiddinov Qo’rqmas
Muhiddinov Qo’rqmas (1946.20.3, Yangiyo’l sh.) — opera xonandasi (bas). O’zbekiston xalqartisti (1986). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1975). 1975 y.dan1 Navoiy nomidagi opera va balet teatrida yakkaxon xonanda. O’zbekiston davlat konservatoriyasida kafedra mu- diri, dosent (2002 y.dan). M. o’zbek te- atrida Evropa mumtoz operalaridagi asosiy partiyalarni ijro etuvchi etakchi opera solisti. Chet el operalarida rus, ingliz va italyan tillarida asosiy par- tiyalarni mahorat b-n ijro etgan. Ga- liskiy («Knyaz Igor»), Xon Boboxon («Tohir va Zuhra»), General-gubernator («Bo’ron»), Mefistofel («Faust»), Bo- ris Godunov, Pimen («Boris Godunov»), Don Bazilio («Sevilya sartaroshi»), Ara-stu («Sug’d elining qoploni»), Mon- terone («Rigoletto»), Ramfis («Aida»), Qirol Rene («Iolanta»), Pyotr («Pyotr I»), qozi («Maysaraning ishi»), Muxam- mad Sayd («Zebunniso»), Yunon elchisi («Buyuk Temur») va b. M. sahnada yaratgan asosiy obrazlaridan. Kontsert-ijro- chilik sohasida ham faol qatnashmoqda. Zamonamizning eng kuchli opera ijrochi-laridan bo’lib, keng diapazondagi ovozi, musiqada so’zlarning donadona ifoda etilishi, ijroda hishayajon, yuqori bas, yoqimli tembri b-n ajralib turadi. Ger- maniya, Finlyandiya, Chexoslovakiya, Rossiya va b. mamlakatlar sahnalarida o’zbek va jahon operasini namoyish etgan. Hamza nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).