Plastmassalar
Plastmassalar, plastik mas- Salar, plastiklar — tabiiy yoki sinte- tik yuqori molekulali birikmalar aso- sida olinadigan materiallar. Issiqdik yoki bosim ta’sirida qoliplanadi va qoliplangan shaklini mus-tahkam sa- klaydi. P.dan yasalgan mahsulotlar en- gilligi, elektr tokini, issiqsovuqni o’tkazmasligi, atmosfera ta’sirlari- ga chidamliligi, emiruvchi muhitga, haroratning keskin o’zgarishiga bar- doshliligi, mexanik mustaxkamliligi yuqoriligi va murakkab shaklli buyumlar yasash mumkinligi b-n boshqa material- lardan ajralib turadi. P. polimerlarning turiga ko’ra, termoplastlar va reaktoplastlarga bo’li-nadi. Termoplastlar tarkibida chiziqsimon yuqori molekulali birik- malar yoki sopolimerlar (polietilen, polistirol, polivinilxlorid va b.) bor. Chiziqsimon polimerlar asosiga qurilgan P. tarkibida plastifikator- lar, bo’yagichlar ham bo’ladi. Plastifi- katorlar yuqori t-Rada P.ning plas- tikliligini oshiradi va qoliplangan mahsulotni qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi. Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60-100° dan yuqori t-Rada mustahkamligini tez yo’qotadi. Lekin ko’pchilik termoplastlar zarbga chidam- liligi, dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli buyumlar qoliplash osonligi b-n reaktoplastlardan farq qiladi. Termoplastlar o’rtacha kuch va 60-100° t-Rada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga mo’ljallangan) asbob kism- lari (etrollar, viniplast, polistirol), shuningdek, elektr va radiotexnika bu- yumlari (polistirol, polietilen, po- lipropilen, ftoroplast) tayyorlashda qo’llanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy ta’sirlarga o’ta chi- damli (fotoplastlar, polistirol, po- lietilen, vinilplast), eyilmaydigan (poliamidlar, polietilente-reftalat), optik shaffof (polimetil -metakrilat, polistirol) bo’ladi. Reaktoplastl ar tarkibida isitil- ganda yoki katalizatorlar (fenolfor- maldegid va karbamid smolalar) hamda qotirgichlar (epoksid smolalari, po- lisiloksanlar, to’yinmagan poliefir- lar) ta’sirida to’rsimon tu-zilishga ega bo’lgan polimerlar hosil qilib qotadigan polimerlar bo’ladi. Reak- toplastlardan tayyorlangan buyumlar qotganidan keyin issiqlik ta’siri- da buzilmagunicha o’zining shishasimon holatini saklaydi. Reaktoplastlarning tarkibida to’ldirgichlar, chiziqsimon polimerlar: qotish jarayonini rostla — gichlar, bo’yagichlar, termostabilizator, antiseptiklar bo’ladi. Reaktoplastlar to’ldirgichlar turiga ko’ra, kukunli (yogoch u ni, asbest kukuni, kvars uni va h.k.), tolali (ip-gazlama, asbest tolasi, shisha tolasi), listli (qog’oz, ip-gazlama, shisha to’qimasi, yogoch shpon) xillarga bo’linadi. Qo-tirilgan P. dan tayyorlangan buyum- lar 100-350°da kuchning uzok, muddatli ta’siriga bardosh beradi (polimer va to’ldirgich turiga qarab). Reaktoplastlar yuqori kuchda ishlaydigan, issiqqa uzoq chidaydigan, keskin atmosfera ta’si- riga bardosh beradigan va yaxshi dielek- trik xossali bo’lgan mahsulotlar i.ch.da qo’llaniladi. Tabiiy smolalar (kanifol, shel- lak, bitum va b.) asosida olinadigan P. qadimdan ma’lum. Sun’iy polimer — nitrosellyuloza (tsellyuloza nitrati) dan tayyorlangan eng dastlabki P. tsellu- loid bo’lib, u 1872 y.da AQSh da ishlab chiqarila boshlagan. 1906-10 y.larda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa-ti- da 1-reaktoplastlar — fenol-formal- degid smolalar asosida olinadigan ma- teriallar i.ch. yo’lga qo’yildi. 30-y.larda sobiq SSSR, AQSh, Germaniya va b. sano- ati rivojlangan mamlakatlarda termo- plastlar, polivinilxlorid, polimetil- metakrilat, poliamid, polistirollar i.ch.i tashkil etildi. Lekin P. sanoati 2-jaxrn urushidan keyingi-na rivoj- landi, 20-a. 50-y.larida ko’pchilik mam- lakatlarda polietilen P. ko’plab ishlab chiqarila boshladi. O’zbekistonda 10 ga yaqin korxona P.ni qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa z-Di, Ohangaron qurilish buyumlari z-Di, Jizzax plastmassa i.ch. z-Di ixtisoslashgan korxonalardir. Qurilishda P. pollarga qoplashda va b. pardoz ishlarida, binolarni germe- tiklash, gidro — va termoizo-lyasiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari i.ch.da, yopmalar, Dera-za, eshik, sayyohlar uychasi, yozlik pavilonlar tayyorlashda kullaniladi. Mashinasozlik material- lari ichida P. etakchi o’rinni egallaydi. P. mahsulotlar tannarxini arzonlash- ti-radi, mashinalarning muhim tex- nik iqtisodiy parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va h.k. oshadi. P.dan tishli g’ildiraklar, podshipniklar, roliklar, stanok yo’nal- tirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va b. ishlab chiqariladi. P.ning avia- tsiyasozlikda keng qo’llanilishiga sabab ularning engilligi va texnik xossala- rini o’zgartirish imkoniya-tiga egali- gidir. Raketa va kosmik kemalar i.ch.da ham P. muhim ahamiyat kasb etdi. Reakto- plastlardan foydalanib reaktiv dviga- tellar, samolyotlarning kuch agregatlari, raketa korpuslari, g’ildiraklar, shassi ustunlari, Verto-lyotlarning parrakla- ri, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilg’i baklari tayyorlanadi. Termo- plastlar oyna elementlari, antenna Su- yurmalari va h.k. ishlab chiqarishda kul- laniladi. P. kemasozlikda kemalarning korpu- si va korpusli konstruktsiyalar (asosan, shishaplastlar), kema mexa-nizmlarining detallarini tayyorlashda, kema xonalari- ni pardozlash, ularni issiq, tovush va gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Avtomobil sozl i kda P.dan avtomo- bil kabinalari, kuzovlari va ularning yirik gabaritli qismlari, dvigatel, transmissiya shassi detallari tayyorla- nadi. Qishloq xo’jaligida P. sug’orish inshootlari qurishda, tuproqni mul’- chlasht, urug’larni dorilash va q.x. mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi. Tibbiyot sanoatida P.dan ko’plab as- boblar, maxsus idishlar ishlab chikari- ladi. Jarroxlikda plastmassadan tayyor- langan yurak klapanlari, qo’l-oyoq protez- lari, ortopedik qo’yilmalar, ko’z soqqasi va b. ishlatiladi. Ad.: Ismoilov I. I., Djalilov A. T., Askarov M. A., Ximicheski aktivnie po- limeri i oligomeri, T., 1993; Asqarov M. A., Ismoilov I. I., Polimerlar ki- myosi va fizikasi, T., 2003. Isroil Ismoilov.