Puls
Puls (lot. pulsus — turtki) — to- Mir urishi. Yurak qisqarishi natija- sida qon tomirlarining ritmik teb- ranishi; kengayib, torayishi. Arterial- venoz va kapillyar P. tafovut etiladi. Odatda, bilak arteriyasi P.i eng katta amaliy ahamiyatga ega. Sog’lom kishilarda P.ning tezligi yurak qisqarishi tezligiga Moe bo’lib, bir min.da 60-80 marta tomir urishiga teng. Yurakning bir min.da 90 Mar-tadan ortiq qisqarishi taxikardiya, 60 marta- dan kam qisqarishi — bradikar-diya deb ataladi. Yurakning ba’zi kasalliklari- da P. yurak qisqarishi tezligidan kam bo’lishi mumkin — P. defisita. P. bola- larda kattalarga nisbatan ortiqroq, qiz bolalarda o’g’il bolalarga nisbatan bir- muncha ortiqroq, tunda kunduziga nisba- tan kamroq bo’ladi. Jismoniy mehnat qilganda, nerv- emosional reaktsiyalarda P. ortadi. Normal holatda P. ritmik (bir te- kis), ya’ni P. to’lqinlari ma’lum vaqt oralig’ida sodir bo’ladi. Yurak ritmi- ning buzilishi aritmiya deb ataladi (q. Yurak-tomir sistemasi), bunda P. to’lqinlari bir xil vaqt oralig’ida Note- kis bo’ladi. P.ning tarangligi ar-terial qon bosimiga bog’liq, gipertoniyada go- yatda kuchayadi, gipotoniya va yurak kasal- liklarida bo’shashadi. P.ning to’liq yoki to’liq emasligi yurak qisqarishi kuchiga bog’liq. P.ning boshqa o’ziga xos ko’pgina xususiyatlarini bilish vrachga bemorning ahvoli haqida ma’lumot beradi.