Prjevalskiy Nikolay Mixay lovich
Prjevalskiy Nikolay Mixay lovich [1839.31.3, Smolensk gubernyasi Kimorovo qishlog’i — 1888.20.10, K,ir- g’iziston, Prjevalsk (hoz. Qoraqo’l)] — rus sayyohi va geografi, Markaziy Osiyo tadqiqotchisi, generalmayor (1886), 1867-69 y.larda Ussuri o’lka-siga, 1870-73 y.larda Mongoliya, Xi-toy va Tibetga ekspedisiya uyushtirgan. 1876— 85 y.larda Markaziy Osiyoga 4 marta ekspedisiyaga borgan. P. o’zi tekshirgan hududlarning relefi, ikli-mi, dare va ko’llari, o’simliklari va hayvonot dunyosini tavsiflab bergan. Markaziy Osiyodagi asosiy tog’tizmalarining yo’nalishini aniklagan. Ek-spedisiyalar davrida zoologiya, botanika va minera- logiyaga doyr kollektsiya va etnografiyaga tegishli ma’lumotlarni to’pladi. Pod- sho hukumati O’rta Osiyo hududlarini bosib olitshda P. to’plagan ma’lumot- lardan unumli foydalangan. P. asarla- ri ko’pgina xorijiy tillarga tarjima qilingan. Markaziy Osiyo va Alyaskadagi bir nechta tabiiy ob’ektlar, bir qancha hayvon va o’simlik turlari P. nomi b-n atalgan. As: Puteshestvie v Ussuriyskom krae, 1867-69 gg., M., 1947 (qayta nashri); Mongoliya i strana tangutov. Trexlet- nee Puteshestvie v Vostochnoy nagornoy Azii, t. 1-2, 1946; ot Kuldji za Tyan- Shan i na Lobnor, M., 1947; Iz Zaysana cherez xami v Tibet i na verxovya jel- toy reki, M., 1948; ot kyaxti na istoki Jeltoy reki. Issledovanie Severnoy okraini Tibeta i put cherez Lobnor po basseynu tarima, M., 1948. Ad.: Gavrilenko V. M., Russkiy Pu- teshestvennik N. M. Prjevalskiy, M., 1974.